Avstriya-turkiya urushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstriya-turkiya urushlari (16-18-asrlar) – Bolqon yarim orolning shimoliy qismi va Vengriya qirolligi hududiga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar. Turk qo‘shinlari Vena shahrini qamal qilishi (1529) bilan boshlangan. 1540–47, 1551-62, 1566–68, 1660–64 yillardagi Avstriya-turkiya urushlari natijasida Vengriya qirolligi hududi taqsimlab olindi. 1683–99 va 1716–18 yillardagi urushda Usmonli turk imperiyasi unga qarshi ittifoqchi davlatlar (Avstriya, Polsha, Venesiya, 1686 yildan Rossiya) tomonidan maglub etildi. Turkiya Yevropadagi katta hududlaridan ajraldi. 1737–39 va 1788–90 yil lardagi Avstriya-turkiya urushlari (1735-39 va 1787–91 yillardagi Rossiya-Turkiya urushlari bilan qo‘shilib ketgan) Avstriya uchun muvaffaqiyatsiz tugagan, natijada Turkiya Serbiya va Valaxiyaning bir qismini qaytarib olishga erishgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avstriya-turkiya urushlari" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil