Avstriya-prussiya urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstriya-prussiya urushi (1866) — Avstriya bilan Prussiya o‘rtasida ko‘pdan beri davom etib kelgan janjal-ga barham bergan, Germaniyani birlash-tirishda qaysi nemis davlati hukmron bo‘lishi mumkin degan masalani hal etgan urush. Prussiya kansleri Bismark urush-ga diplomatik va harbiy jihatdan puxta tayyorlik ko‘rib, Fransiya va Rossiyaning bu urushda betaraf bo‘lishi to‘g‘risidagi va’dalarini oldi.Urushning dastlabki kunlaridayok, Avstriyaning ojizligi sezilib qoldi. 1866 y. 3 iyulda Sadova yonida avstriyali-klarga qattiq zarba berildi. Bu bilan Av-striyaning bundan keyin Germaniyani bir-lashtirish ishiga da’vogar bo‘lmasligi masalasi hal etildi. Avstriya-Prussiya yarash bitimi 26 iyulda Nikolsburgda, sulh shartnomasi esa 23 avg .da Praga-da imzolandi. Urush natijasida Prus-siya o‘z hududini ancha kengaytirdi va u boshchiligida Shim. german davlatlari ittifoqi tashkil topdi. Avstriya bu ittifoqdan chetda qoldi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil