Avstriya-italiya urushi (1866)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstriya-italiya urushi (1866) – Italiyaning Avstriya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik urushi. Bu vaqtda Italiyada birlash-tiruvchilik harakati yana kuchaygan va Italiya asosan birlashgan edi. Lekin avstriyaliklar qo‘l ostidagi Venesiya viloyati va Papa hokimiyatiga qarashli Rim hali ozod etilmagan, birlashti-rilmagan edi. Italiyaning birlashgan qismida hukmron bo‘lib olgan Savoyya sulolasiga mansub Sardiniya qirolligi (Pemont) Italiyani batamom birlashtirish maqsadida xalq ommasining vatan-parvarlik hissiyotidan va Prussiyaning Avstriyaga qarshi kurashidan foydalanishga intildi. 1866 yil 8 aprelda Italiya va Prussiya o‘rtasida yashirin bitim im-zolandi. Prussiya 16 iyunda Avstriyaga qarshi urush boshlagandan so‘ng 20 iyunda Italiya qo‘shinlari Venesiya hududiga bo-stirib kirdi. Garibaldi ko‘ngillilari Triyest, Trentino va Janubiy Tirolni ozod etdi. Avstriya-Prussiya urushida Av-striyaning zarbaga uchrashi tufayli Ita-liya uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Lekin dengizda Italiya floti talafot kurdi. Buning ustiga Prussiya Italiyaning roziligini olmay, Fransiya vosi-tachiligida 26 iyulda Avstriya bilan yarash bitimi imzoladi. Fransiya va Prussiya taklif etgan shartlar asosida Sardiniya qirolligi bilan Avstriya urtasida 10 avgustda yarash bitimi, 3 oktabrda esa Venada sulh shartnomasi imzolandi; Avstriya Venesiyadan voz kechdi. Venesiya Italiya tar-kibiga kiritildi. Ammo Triyest, Tren-tino va Janubiy Tirol yana Avstriya qo‘lida qoldi. Italiyaning birlashishi 1870 yilga borib tug‘allangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avstriya-italiya urushi (1866)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil