Avstriya-italiya urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstriya-italiya urushi (1848–49) – 1814–15 yillardagi Vena kongressi qarorlariga ko‘ra, Lom-bardiya va Venesiyada o‘rnatilgan Av-striya hukmronligiga qarshi Italiya xalqining milliy ozodlik urushi. 1848 yil 18 martda Milanda Avstriya zulmiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Milanning qurolsiz xalqi Avstriya feldmarshali Radeskiyning 15 ming kishilik armiyasiga qarshi besh kun davomida olib borgan qahramonona janglaridan keyin avstriyaliklar shaharni tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Shu vaqtda Venesiyada ham quzg‘olon ko‘tarildi. 1848 yil 22 martda avstriyaliklar Venesiyadan ham chiqib ketdilar. Shaharda respublika tashkil etildi. Xalq ommasiniig inqilobiy harakatidan qo‘rqqan va o‘z xokimiyatini mustahkamlashni ko‘zlagan Pemont (Sardiniya) qiroli Karl Albert 23 martda Avstriyaga qarshi urush e’lon qildi. Urushda Pemont qo‘shinlari Veronada Avstriya armiyasiga qattiq zarba berdi: bu janglarda Italiya xalq qahramoni Garibaldining ko‘ngilli otryadlari qatnashdi. Lekin ular Karl Albertning sotqinlik siyosati tufayli bir qancha zarbalarga uchradi. 1848 yil avgustda Karl Albert Avstriya bilan sharmandali yarash bitimi tuzdi. Italiya inqilobi yangi bosqichga ko‘tarilgan bir paytda (1849 yil 20 martda) Karl Albert urushni yangidan boshlashga majbur bo‘ldi. 21–23 mart kunlari Pemontning 88 ming kishilik armiyasi generalning layoqatsizligi va xiyonati sababli batamom tor-mor etil-di, 26 martda imzolangan yarash bitimiga ko‘ra, Avstriya qo‘shinlari Venesiya va Lombardiyani qayta egalladilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avstriya-italiya urushi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil