Avstriya-italiya-fransiya urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstriya-italiya-fransiya urushi (1859) – Sardiniya (Italiya) va Fransiyaning Avstriyaga qarshi urushi. Avstriya Italiyaning Lombardiya, Venesiya viloyatlarini o‘z hukmronligida saqlab kelayotgan edi. 1858 yil iyul oyida Fransiya bilan Pemont (Napoleon III va Pemont bosh vaziri o‘rtasida Avstriyaga qarshi birgalikda urushish uchun Italiya chegarasi yaqinidagi Plomberda maxfiy bitim imzolandi. Bu bitimga ko‘ra, Pe-mont qirolligi Avstriyadan Lombardiya va Venesiyani ozod etishda yordam berganligi evaziga Savoyya va Nitssa viloyatlarini Fransiyaga berishga rozi bo‘ldi. A.-I.-Avstriya-italiya-fransiya urushi 1859 yil 29 aprelda boshlandi. Urushda Avstriya katta mag‘lubiyatga uch-radi. Syurix bitimi (1859 yil 10 noyabr)ga ko‘ra Pemont Avstriyadan Lombardi-yani, Turin bitimi (1860 yil)ga binoan esa Fransiya Pemontdan Savoyya va Nitssani olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avstriya-italiya-fransiya urushi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil