Avstriya-Turkiya urushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstriya-Turkiya urushlari (16-18-asrlar) – Bolqon yarim orolning shimoliy qismi va Vengriya qirolligi hududiga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar. Turk qoʻshinlari Vena shahrini qamal qilishi (1529) bilan boshlangan. 1540–47, 1551-62, 1566–68, 1660–64 yillardagi Avstriya-turkiya urushlari natijasida Vengriya qirolligi hududi taqsimlab olindi. 1683–99 va 1716–18 yillardagi urushda Usmonli turk imperiyasi unga qarshi ittifoqchi davlatlar (Avstriya, Polsha, Venesiya, 1686-yildan Rossiya) tomonidan maglub etildi. Turkiya Yevropadagi katta hududlaridan ajraldi. 1737–39 va 1788–90 yil lardagi Avstriya-turkiya urushlari (1735-39 va 1787–91 yillardagi Rossiya-Turkiya urushlari bilan qoʻshilib ketgan) Avstriya uchun muvaffaqiyatsiz tugagan, natijada Turkiya Serbiya va Valaxiyaning bir qismini qaytarib olishga erishgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Avstriya-Turkiya urushlari" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil