Avstriya-Italiya urushi (1866)
Avstriya-italiya urushi (1866) – Italiyaning Avstriya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik urushi. Bu vaqtda Italiyada birlash-tiruvchilik harakati yana kuchaygan va Italiya asosan birlashgan edi. Lekin avstriyaliklar qoʻl ostidagi Venesiya viloyati va Papa hokimiyatiga qarashli Rim hali ozod etilmagan, birlashti-rilmagan edi. Italiyaning birlashgan qismida hukmron boʻlib olgan Savoyya sulolasiga mansub Sardiniya qirolligi (Pemont) Italiyani batamom birlashtirish maqsadida xalq ommasining vatan-parvarlik hissiyotidan va Prussiyaning Avstriyaga qarshi kurashidan foydalanishga intildi. 1866-yil 8-aprelda Italiya va Prussiya oʻrtasida yashirin bitim im-zolandi. Prussiya 16-iyunda Avstriyaga qarshi urush boshlagandan soʻng 20-iyunda Italiya qoʻshinlari Venesiya hududiga bo-stirib kirdi. Garibaldi koʻngillilari Triyest, Trentino va Janubiy Tirolni ozod etdi. Avstriya-Prussiya urushida Av-striyaning zarbaga uchrashi tufayli Ita-liya uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Lekin dengizda Italiya floti talafot kurdi. Buning ustiga Prussiya Italiyaning roziligini olmay, Fransiya vosi-tachiligida 26-iyulda Avstriya bilan yarash bitimi imzoladi. Fransiya va Prussiya taklif etgan shartlar asosida Sardiniya qirolligi bilan Avstriya urtasida 10-avgustda yarash bitimi, 3-oktabrda esa Venada sulh shartnomasi imzolandi; Avstriya Venesiyadan voz kechdi. Venesiya Italiya tar-kibiga kiritildi. Ammo Triyest, Tren-tino va Janubiy Tirol yana Avstriya qoʻlida qoldi. Italiyaning birlashishi 1870-yilga borib tugʻallangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |