Avstraliya xalqaro akademiyasi
37°43′35″S 144°57′31″E / 37.72639°S 144.95861°E Avstraliya xalqaro akademiyasi – Avstraliyaning turli shaharlarida faoliyat yurituvchi islomiy taʼlim tarmogʻi. Bu mamlakatdagi birinchi musulmon kolleji boʻlib, dastlab Xolid ibn Abdulaziz al Saud sharafiga „Qirol Xolid Islom kolleji“ nomi bilan tashkil etilgan. Akademiyaning boshlangʻich maktabi 1999-yilda Saudiya Arabistoni granti hisobiga tashkil etilgan boʻlib, bu maktab olgan yagona xorijiy mablagʻdir[1].
Akademiyada Avstraliya milliy taʼlim dasturi va xalqaro bakalavriat dasturlari taklif etiladi. Tarmoq tarkibiga Koburgdagi boshlangʻich maktab (bogʻcha guruhidan 5-sinfgacha) va Shimoliy Koburgdagi Merlynston kampusidagi oʻrta maktab (6-sinfdan 12-sinfgacha) kiradi. 2014-yil boshida Karo Springs shahrida yangi kampus ochilgan.
Soʻnggi oʻn yil ichida akademiya Yangiy Janubiy Walesga tomon kengayib, Strathfield Southdagi (Nur al-Hudo Islom kolleji, ilgari Leigh kolleji) va Kellyvilledagi qoʻshimcha kampuslarni sotib olgan.
Akademiyaning Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ham kampus mavjud boʻlib, u 2013-yilda toʻliq akkreditatsiyalangan xalqaro bakalavriat (IB) muassasasiga aylangan.
Avstraliya xalqaro akademiyasi janubiy yarimsharda uchta IB dasturini ham taklif qiluvchi yagona musulmon maktabi sifatida ham tan olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Strong, Geoff.. „Muslim students still call Australia home“. The Age (2005-yil 29-iyul). Qaraldi: 2015-yil 30-yanvar.
- ↑ „AIA Home“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Avstraliya Xalqaro Akademiyasi, qaraldi: 2014-09-27