Avstraliya tillari
Jump to navigation
Jump to search
Avstraliya tillari – Avstraliya tub aholisining tillari. Papua tili, miriam va tasman tillari bundan mustasno, to‘la o‘rganilmagan. Tillarning umumiy soni (dialektlar o‘rtasidagi 1 farqning kattaligidan) 200 dan 600 gacha deb hisoblanadi. Avstraliya tillari hududiy belgiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinadi: Shimoliy Kimberlin tillari (va-roro, kokoyimidir va b); Janubi-Sharqiy Avstraliya tillari (buandiq, kulin, kurpai va boshqalar); Markaziy Avstraliya tillari (parnkala, diyeri, aranta va boshqalar); G‘arbiy Avstraliya tillari (yungar, loritya va boshqalar) hamda Kvinslend va Yangi Uels tillari. Ularning lug‘at tarkibi boy, ko‘p ma’noli so‘zlar ko‘p. Hozirgi kunga kelib ko‘pgina tillar barham topgan yoki yo‘qolib bormoqda.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |