Avstraliya poytaxt hududi
| |||
| Hudud | |||
|---|---|---|---|
| Tegishli | Kanberra | ||
| Yirik shahari | Kanberra | ||
| Asos solingan sanasi | 1911-yil 1-yanvar | ||
| Vazir | Andrew Barr | ||
| Rasmiy tili | inglizcha | ||
| Aholi | 454 499 | ||
| Zichligi | 192,75 kishi./km² | ||
| Maydoni | 2358 km² | ||
| Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
892 m | ||
| Vaqt mintaqasi | 10 | ||
| Kod ISO 3166-2 | AU-ACT | ||
| Telefon kodi | 02 | ||
| Rasmiy sayti | http://www.act.gov.au | ||
| Xaritada | |||
|
| |||
| 35°27′0″S 148°58′50″E / 35.45000°S 148.98056°E | |||
Avstraliya poytaxt hududi (inglizcha: Australian Capital Territory, ACT) — Avstraliya Ittifoqi tarkibidagi federal hudud, unga Kanberra shahri, shuningdek kichik qishloq xoʻjaligi hududi hamda Namadgi milliy bogʻi kiradi. Aholisi — 454 499 kishi (2021)[1].
Avstraliya poytaxt hududida joylashgan qishloq va aholi punktlari qatoriga Williamsdale, Top Naas, Uriarra, Tharwa, Oaks Estate, Pierces Creek, Hall, shuningdek Jervis koʻrfazi hududidagi kichik qirgʻoq qismi — Jervis Bay hududi ham kiradi[2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstraliya poytaxt hududi Yangi Janubiy Uels hududi ichida joylashgan eksklav. Maydoni — 2358 km² boʻlib, bu koʻrsatkich boʻyicha mamlakat shtatlari va materik hududlari orasida 8-oʻrinda, yaʼni oxirgi oʻrinda turadi. Hududning 46 foizini Namadgi milliy bogʻi egallaydi. Hududdagi eng baland nuqta — Bimberi togʻi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi poytaxt hududini tashkil etish loyihasi XIX asr oxirida, Avstraliya Ittifoqining shakllanish jarayonida paydo boʻlgan. 1901-yilda Avstraliya konstitutsiyasi qabul qilinib, unga koʻra Yangi Janubiy Uels shtati oʻzining janubiy qismidagi kichik hududni yangi federal hukumat ixtiyoriga topshirishi kerak edi. Boʻlajak poytaxt uchun joy Sidney va Melburn shaharlari orasidagi betaraf hudud sifatida tanlangan, chunki har ikki shahar ham mamlakat poytaxti boʻlishga daʼvogarlik qilgan. Hudud davlatga 1911-yilda topshirilgan, 1913-yilda esa Kanberra shahri qurilishi boshlangan.
Federal hukumat Melburndan Kanberraga faqat 1927-yil 9-may kuni, parlament binosi qurilishi yakunlangach rasman koʻchib oʻtgan. Dastlab ayrim boʻlim va departamentlar Melburnda qolgan, biroq keyinchalik ular ham bosqichma-bosqich yangi poytaxtga koʻchirilgan.
Hudud dastlab Federal poytaxt hududi deb atalgan. 1938-yilda unga rasman Avstraliya poytaxt hududi nomi berilgan.
1989-yilda hudud qonunchilik assambleyasiga ilk saylovlar oʻtkazilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Population: Census“ (en). Австралийское бюро статистики (2022-yil 28-iyun). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
- ↑ „Documenting Democracy“. foundingdocs.gov.au. 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- АСТ boshqaruvi
- Canberra Deep Space Communications Complex
- Hudud haqida maqola[sayt ishlamaydi]