Avstraliya platformasi
Qiyofa
Avstraliya platformasi – Avstraliyaning gʻarbiy va markaziy qismlari va Yangi Gvineya janubiy qismini egallagan tokembriy platformasi. Arxey quyi proterozoyga mansub fundamenti metamorfiklashgan vulkanik jinslar, gneys va granitlardan tuzilgan; yuqori proterozoy-pleozoy davri choʻkindi gʻilofi esa terrigenli, karbonatli va vulkanogen jinslar (platoba-zaltlar) dan tashkil topgan. Zaminidagi jinslar orasida oltin, temir rudasi, rangli va kamyob metallar, choʻkindi gʻilofida neft va gazning yirik konlari bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Avstraliya platformasi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |