Avstraliya gʻoʻzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstraliya gʻoʻzasi (Gossypium australe Mull.) – yovvoyi gʻoʻza turi. Geno-mi S3, xromosomalar soni 2p/26. Birinchi marta F. Myuller ta’riflab bergan (1858). Avstraliyada keng tarqalgan. A.gʻ. koʻp yillik buta, boʻyi 1–1,5 m gacha. Po-yasi ingichka, kalta tuklar bilan qoplangan. Koʻsaklari kichik (diametri 1 sm gacha), sirti silliq, teskari tuxumsimon shak-lda, 3–4 chanoqli, ochilishi oʻrtacha, chigi-ti mayda, uzunchoq, och kulrang, ipaksimon (uz. 5 mm gacha) tukchalar bilan qoplangan. Chigit qobigʻi uncha qattiq emas. A.g. eng tezpishar, koʻsagi 30 kunda pishib yetiladi. Oʻrgimchakkana va shiraga chidamli.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Avstraliya gʻoʻzasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil