Avstraliya alp togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstraliya alp tog‘lari - Avstraliyaning jan.-sharqidagi Kat-ta Suvayirg‘ich tizmaning eng baland va parchalangan qismi. Uz. qariyb 400 km, eni 150 km. Granit intruziyalari bo‘lib-bo‘lib yuborgan paleozoy jinslaridan tashkil topgan. Balandligi 2230 m gacha (Kos-syushko togi, materikning eng baland cho‘qqisi). Baland toglarda to‘rtlamchi davr muzliklarining izlari saqlangan. Tog‘larning shim.-g‘arbiy yon bag‘ridan Avstraliyaning eng katta daryosi — Murrey boshlanadi. A.Avstraliya alp togʻlari 1200 m bal.gacha evkalipt, daraxtsimon paporotnik o‘rmonlari bilan qoplangan. Undan baland-da qing‘ir-qiyshiq daraxtlar, butazorlar va alp o‘tloklari bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil