Avstraliya 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida
| Avstraliya 2024 Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida | |
|---|---|
|
Avstraliya bayrogʻi | |
| IPC code | AUS |
| NPC | Avstraliya Paralimpiya qoʻmitasi |
| Veb sayt | paralympic.org.au |
| Parij, Fransiya 2024-yil 28-avgust – 2024-yil 8-sentyabr | |
| Sportchilar | 159 (89 erkak and 70 ayol) 17 sport turi boʻyicha |
| Bayroqdors (ochilish) |
Madison de Rozario Brenden Hall |
| Bayroqdors (yopilish) |
Lauren Parker James Turner |
| Medallar (9-oʻrin) |
|
| Yozgi Paralimpiya oʻyinlari appearances | |
| auto | |
Avstraliya 2024-yilning 28-avgustidan 8-sentyabriga qadar Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Maʼmuriyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil iyun oyida „Avstraliya Paralimpiyasi“ Kate McLoughlinni Chef de Mission yaʼni tashkilot rahbari etib tayinlaganini eʼlon qildi. Bu uning Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida uchinchi marotaba ushbu lavozimda faoliyat olib borishi edi[1]. Uning yordamchilari sifatida Bridie Kean, Tim Mannion va Ben Troy tayinlangan[2]. Shuningdek, Kurtis McGrath va Angie Ballard jamoa sardorlari etib belgilandi[3].
2024-yil 2-iyulda Avstraliya Bosh vaziri Anthony Albanese va muxolifat yetakchisi Peter Dutton Kanberradagi Parlament uyi katta zalida oʻtgan marosimda 2024-yilgi Avstraliya Paralimpiya jamoasini qoʻllab-quvvatlashda ikki tomonlama kelishuvni taqdim etishdi[4].

2024-yil 12-iyul kuni Sidneyning Kirribilli tumanida joylashgan Admiralty House rasmiy hukumat qarorgohida boʻlib oʻtgan marosimda nogironlar aravachasida poyga boʻyicha sportchi Madison de Rozario va suzuvchi Brenden Hall ochilish marosimida bayroqdorlar etib eʼlon qilindi. Ularning ikkalasi ham Paralimpiya oʻyinlarida besh karra ishtirok etishgan[5].
Jamoa aʼzolarining sport kiyimlari dizayni ustida ishlash hamda sportchilarni sport kiyimlari bilan taʼminlash R. M. Williams, Belgravia, Birkenstock, Mizuno va Speedo kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan[6].
Avstraliya hukumati oltin medal sohiblariga 20 ming AQSh dollari, kumush medal sohiblariga 15 ming AQSh dollari va bronza medal sohiblariga 10 ming AQSh dollari miqdorida mukofot berilishini eʼlon qildi. Avstraliyalik Paralimpiya oʻyinlari sovrindorlari Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari bilan teng miqdorda mukofot olishgan. Olimpiya oʻyinlari medalchilariga taqdim etiladigan pul mukofoti Avstraliya Olimpiya qoʻmitasi qoplangan[7].159 nafar sportchidan iborat jamoa 2024-yil 8-avgust kuni yakuniy tasdiqdan oʻtdi[8]. Ikki karra yakkalik yoʻnalishdagi oltin medal sohiblari Lauren Parker (paratriatlon va velosport) va James Turner (yengil atletika) yopilish marosimida bayroqdor boʻlgan[9].
Sovrindorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raqobatchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida oʻyinlar uchun tanlab olingan ishtirokchilar roʻyxati keltirilgan:
| Sport | Erkaklar | Ayollar | Umumiy |
|---|---|---|---|
| Kamondan otish | 3 | 3 | 6 |
| Yengil atletika | 17 | 17 | 34 |
| Badminton | 0 | 2 | 2 |
| Bochcha | 1 | 3 | 4 |
| Velosport | 6 | 6 | 12 |
| Ot sporti | 0 | 4 | 4 |
| Dzyudo | 0 | 1 | 1 |
| Parakanoe | 2 | 1 | 3 |
| Pauerlifting | 1 | 1 | 2 |
| Akademik eshkak eshish | 4 | 4 | 8 |
| Oʻq otish | 1 | 1 | 2 |
| Suzish | 15 | 15 | 30 |
| Stol tenisi | 7 | 5 | 12 |
| Triatlon | 9 | 4 | 13 |
| Nogironlar aravachasida basketbol | 12 | 0 | 12 |
| Nogironlar aravachasida regbi | 9 | 3 | 12 |
| Nogironlar aravachasida tennis | 2 | 0 | 2 |
| Umumiy | 89 | 70 |
- Lauren Parker nafaqat triatlon, balki velosport boʻyicha shosse poygasida ham ishtirok etgan. Nogironlar aravachasida tennis oʻynovchi Heath Davidson esa musobaqadan voz kechgan.
- Qoʻllab-quvvatlovchi sportchilar/yordamchilar ham mavjud: yengil atletikada 2 nafar yoʻlkoʻrsatuvchi, bochchada 2 nafar rampa yordamchi, velosportda 2 nafar pilot, triatlonda 1 nafar yoʻlkoʻrsatuvchi, eshkak eshishda 1 nafar koksveyn. Bularning barchasi Avstraliya Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan jamoa tarkibiga kiritilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „McLoughlin Ready For Two-Year Lead-In As Paris 2024 Chef De Mission“. Paralympics Australia (2022-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
- ↑ „'Lived Experience' Key To Prominent Games Appointment | Paralympics Australia“. www.paralympic.org.au (2023-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Superb Athletes And Fierce Advocates: Australia's Paris 2024 Co-Captains Named“. Paralympics Australia (2023-yil 28-avgust). Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
- ↑ „Federal Parliament Officially Launches Australian Paralympic Team | Paralympics Australia“ (en-AU). www.paralympic.org.au (2024-yil 2-iyul). Qaraldi: 2024-yil 2-iyul.
- ↑ „Flag bearers named as superstar Paralympians get nod“ (en). Nine (2024-yil 12-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ „Paralympic Team uniform launched at Australian fashion week“ (en). Paralympics Australia (2024-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 12-avgust.
- ↑ „Federal Government Backs Australian Paralympians With Rewards For Medallists | Paralympics Australia“ (en-AU). www.paralympic.org.au (2024-yil 26-avgust). Qaraldi: 2024-yil 27-avgust.
- ↑ „Record-Breakers, Change-Makers: Australian Paralympic Team Finalised For Paris 2024“ (en). Paralympics Australia (2024-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 12-avgust.
- ↑ „The Best Of Australian Sport, Spirit And Character: Aussie Paralympians Bid Fond Farewell To Paris | Paralympics Australia“ (en-AU). www.paralympic.org.au (2024-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 8-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paralympics Australia Media Guide Paris 2024 Paralympic Games. Paralympics Australia, 2024.