Avstraliya — Finlandiya munosabatlari
![]() | |
![]() Avstraliya |
![]() Finlandiya |
Diplomatik vakolatxona | |
Avstraliya elchixonasi Stokgolmda. | Finlandiya elchixonasi Kanberrada. |
Elchixona | |
Avstraliyaning Finlandiyadagi elchisi Bernard Philip | Finlandiyaning Avstraliyadagi elchisi Satu Mattila-Budich |
Avstraliya va Finlandiya oʻrtasida tashqi aloqalar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, diplomatik munosabatlar 1949-yil 31-mayda oʻrnatilgan. Avstraliya Finlandiyada Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi elchixonasi va Helsinkidagi faxriy konsulligi orqali tamsil etiladi. 1978-yildan beri Finlandiyaning Kanberrada elchixonasi, Melburn va Pertdagi faxriy bosh konsulliklari, Adelaida, Brisben, Darvin, Xobart va Sidneydagi faxriy konsulliklari hamda Keyrnsdagi faxriy vitse-konsulligi mavjud[1].
Mamlakatlarni taqqoslash[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rasmiy nomi | Avstraliya | Finlandiya |
Bayroq | ![]() |
![]() |
Gerb | ![]() |
![]() |
Aholisi | 25,992,800 | 5,553,000 |
Hududi | 7,692,024 km² | 338,455 km² |
Aholi zichligi | 3,4/km² | 16,4/km² |
Poytaxti | Kanberra | Helsinki |
Hukumat | Federativ parlamentar konstitutsion monarxiya | Unitar parlamentar respublika |
Rasmiy tili | Ingliz tili | Fin tili |
Diniy e’tiqodi | 43,9 % xristianlik, 38,9 % dinsiz, 3,2 % islom, 2,7 % hinduizm, 2,4 % buddizm, 1,7 % boshqalar, 7,2 % aniqlanmagan | 68,6% xristianlik:
-66,6% lyuteran -1,1% pravoslav -0,9% boshqa xristianlar 30,6% dinsizlar 0,8% boshqalar |
YaIM (nominal) | 1,748 trillion AQSh dollari (67,464 $ aholi jon boshiga) | 267,61 milliard AQSh dollari (27,971 $ aholi jon boshiga) |
Inson taraqqiyoti indeksi | 0,939 | 0,940 |
Xalqaro qoʻngʻiroq kodi | +61 | +358 |
Pul birligi | Avstraliya dollari | Yevro |
Diplomatik munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ilk tarix, 1917-1949-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Finlandiyaning Avstraliyadagi dastlabki diplomatik vakolatxonasi 1917-yilda, Finlandiya Buyuk Gersogligi Rossiya imperiyasidan mustaqilligini eʼlon qilgan paytdan faoliyatini boshlangan. Finlandiya munosabatlarini 1917-yilgacha rus diplomatlari tamsil etgan. Birlashgan Qirollik (Avstraliya vakili) 1919-yil 6-maygacha Finlandiyaning yangi hukumatini tan olmasa ham, Finlandiya dengizchilarining Sidneydagi missiyasi rahbari Jon Oskar Boyjer amalda norasmiy konsul vazifasini bajargan[2]. Boyjer 1919-yil fevralida Avstraliya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi William Watt Avstraliya biznesmen Kaarlo Yohannes Nauklerni Finlandiyaning Sidneydagi konsullik agenti sifatida tan olganini eʼlon qilganidan soʻng almashtirilgan edi[3][4].
Finlandiya hukumati Nauklerni 1919-yil 24-oktyabrda rasman konsul etib tayinlagan. Naukler yurisdiksiyasiga Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya va umuman, Okeaniya ham kirgan[5]. Uning tayinlanishiga Daily Commercial News and Shipping List jurnali ijobiy munosabat bildirgandi: „Finlandiya Avstraliya bilan savdo-sotiq qilish orqali doʻstlar orttira boshlaydi“[6]. Naukler 1919- va 1921-yillarda mos ravishda nayza va disk uloqtirish boʻyicha Avstraliya chempionligini qoʻlga kiritgan mohir sportchi boʻlgan[7]. 1919-yil 24-oktabrda u rasman 1919-yil 15-dekabrda Finlandiyaning Avstraliyadagi qirol George V tan olgan Yangi Zelandiya va Tinch okeani orollari uchun masʼul konsul etib tayinlangan[8][9][10][11][12]. Biroq Naukler 1921-yil 9-mayda 31 yoshida toʻsatdan vafot etgan[13]. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, u oilaviy muammolar sabab haddan tashqari morfin qabul qilish oqibatida vafot etgan va oʻz joniga qasd qilgan, deb eʼlon qilingan[14][15][16]. Elchi xotirasiga NSW havaskor atletika assotsiatsiyasi K. J. Naukler kubogi musobaqasini tashkil etilgan boʻlib, u yillik bellashuvda eng koʻp umumiy ochko jamgʻargan kishiga beriladi[17][18].
Nauklerning oʻlimidan soʻng, ya’ni 20-yil avgustidan boshlab uning oʻrinbosari, Avstraliyada istiqomat qilgan yana bir Finlandiya fuqarosi Harald Tanner Finlandiya konsuli vazifasini bajargan va 1921-yil iyunida rasman konsul etib tayinlangan[19][20][21][22]. Tanner, shuningdek, Estoniya va baʼzan Latviya uchun ham vitse-konsul boʻlib ishlagan[23][24][25]. Tanner 1928-yilda Estoniyaning faxriy konsuli etib rasman tayinlangan[26]. U Finlandiyaning mustaqillik kuni munosabati bilan har yili Bridge Street'dagi 4-uyda joylashgan konsullikda qabul marosimlarini tashkil etgan[27][28][29]. Oʻzi esa Neytral koʻrfazidagi Aubin koʻchasi, 48-uyda yashagan. Uyda fin sanʼati va hunarmandchiligi turli ashyolari namoyish etilgan[30][31][32]. 1935-yil 20-fevralda Tanner Sidneydan Finlandiyaga joʻnab ketgan va uning oʻrniga 1-martdan e’tiboran Paavo Simelius Finlandiya konsulli etib tayinlangan[33][34]. Simelius 1935-yil 17-aprelda RMS Maloja kemasida Sidneyga kelgan[35][36][37][38].
1939-yilda Finlandiya va Sovet Ittifoqi oʻrtasidagi qishki urush boshlanishi bilan Simelius Finlandiya mudofaasi va Finlandiya fuqarolariga gumanitar yordam uchun mablagʻ yigʻishda ishtirok etgan[39]. Avstraliya 1941-yilda Buyuk Britaniya bosimi ostida Finlandiya bilan aloqalarni uzgan. 1941-yil 30-iyulda Avstraliya tashqi ishlar vaziri ser Frederik Styuart konsul Simeliusga Finlandiyaning Avstraliyadagi barcha diplomatik xodimlari persona non grata deb e’lon qilgan va imkoniyat paydo bo‘lishi bilanoq mamlakatni tark etishi shartligi haqida xabar bergan[40][41]. Simelius ketayotib shunday degan edi: „Men ketayotganimdan afsusdaman, chunki bu mamlakatda hamma: hukumat amaldorlari va fuqarolarga juda mehribonlik va xushmuomalalik bilan munosabat qildim. Avstraliyada 1500 dan 2000 gacha fin yashaydi. Ularning katta qismi dehqonlar, bog‘bonlar, shakarqamishchilar va konchilardir“[42]. Oʻsha paytda Avstraliyadagi Finlandiya fuqarolari dushman boʻlmagan musofirlar hisoblangan[43]. 1941-yil 8-dekabrda Buyuk Britaniyadan keyin Avstraliya hukumati Finlandiyaga qarshi urush eʼlon qildi, Finlandiya fuqarolari endi dushman musofirlari hisoblanadigan bo‘ldi[44][45]. Urush holati 1944-yil 19-sentabrda Finlandiya, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi oʻrtasida Moskva sulhining imzolanishi va 1947-yilda Avstraliya imzolagan Parij Tinchlik shartnomasi imzolanishi bilan yakunlandi[46]. Avstraliya 1948-yil 10-iyulda Finlandiya bilan tinchlik shartnomasini ratifikatsiya qildi[47].
Yangi aloqalar, 1949-1967-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]
1949-yil 14-iyulda Finlandiya hukumati Sidneydagi ofis konsullik emas, balki yuqori darajadagi vakolatxona sifatida qayta ochilishini eʼlon qildi, sobiq konsul Paavo Simelius Avstraliyadagi yangi muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi[48]. Simelius Melburnga SS Orcades bortida 18-iyul kuni etib keldi va „bu yer xuddi oʻzimning uyim“ deb eʼlon qildi[49][50]. Yelizaveta II ning toj kiyish marosimida u Finlandiyaning Avstraliyadagi vakili sifatida u „Qirolicha Yelizaveta II ning toj kiyishi“ medali bilan taqdirlangan[51].
1954-yilda Finlandiya hukumati Avstraliya shtat poytaxtlarida yangi idoralar ochishga harakat qildi: Ser Garri Hovard Pertdagi faxriy vitse-konsul[52], Ser Hamilton Sley Melburndagi faxriy vitse-konsul[53], Robert Newenham Irvin Adelaidadagi vitse-konsul[54] va Maldvin Duglas Devis Brisbendagi faxriy vitse-konsul sifatida ish boshladi[55]. 1968-yilda Hovardni prezident Urho Kekkonen Finlandiya Arslon ordeni bilan taqdirlagan. Irvin Finlandiya „Oq atirgul“ ordenining birinchi darajali ritsari boʻlgan[56]. Simelius 1958-yil 31-iyulda o‘z lavozimidan nafaqaga chiqqan va o‘rniga 1959-yil 11-yanvarda Avstraliyaga kelgan Toivo Kala tayinlangan[57][58]. Kala 1963-yil 23-aprelgacha Olavi Uann mas’ul lavozimni egallagunga qadar xizmat qilgan[59].
Keyingi tarix, 1967-yildan hozirgi kungacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yil 1-martda Finlandiya vakolatxonasini Kanberraga koʻchirish va uni elchixonaga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, shu sabab 1968-yil 2-iyunda Avstraliya Finlandiyaga elchi tayinlashiga toʻgʻri keldi[61][62]. Olavi Uanne sogʻligʻidagi muammolar tufayli Finlandiyaga erta qaytib ketganidan soʻng, 1968-yil 1-oktyabrda uning oʻrniga oʻrinbosari Piter Graf fon der Pahlen tayinlandi[63].
1968-yil iyul oyida Shvetsiyadagi ikkinchi rezident elchi Roy Pichi Finlandiyadagi birinchi elchi etib tayinlandi[64]. 1968-yil noyabr oyida Finlandiya hukumati Tuure Mentula mamlakatining birinchi elchisi etib tayinlanganini eʼlon qildi (keyinchalik Yangi Zelandiyaga ham[65]) va u1969-yil 4-fevralda oʻz lavozimiga kirishdi[66][67][68]. Finlandiya elchixonasining Kanberraga koʻchishi bilan 1971-yilda Sidneyda Charlz Benyon Lloyd Jons boshchiligidagi faxriy konsullik tashkil etildi va 1973-yilda faxriy bosh konsullik maqomiga koʻtarildi[69][70]. 1978-yilda Darvin prospektida, Yarralumlada Rommel Moorcroft & Partners kompaniyasi loyihalashtirgan hamda idora va elchilar qarorgohini oʻz ichiga olgan Finlandiya elchixonasining yangi binosi ochildi[71][2]. 1995-yilda Avstraliya Helsinkida faxriy konsullik ochdi[72]. 1994-yil 15-avgustda Kris Rann Finlandiyaning Janubiy Avstraliyadagi faxriy konsuli etib tayinlandi va 2005-yilda Finlandiya „Arslon“ ordenining birinchi darajali ritsari unvoni bilan taqdirlandi[73].
2002-yilda Darvin avenyusi va Forster Crescent burchagida Finlandiya elchixonasining yangi binosi ochildi, uni 1997-yilda tanlovda gʻolib chiqqan fin arxitektori Vesa Huttunen va Avstraliyaning MGT Architects kompaniyasi nazorat qiluvchi firmasi loyihalashtirgan edi. Binoning oʻziga xos modernistik uslubi, oʻsha paytda „Fin arxitektura anʼanalarining mukammalligidan dalolat“ beradi[74][75]. 2015-yilda ushbu binoning yarmi Estoniya elchixonasiga aylantirildi va bitta binoda oʻziga xos ikkita elchixona tartibi oʻrnatildi[76].
Yuqori darajadagi safarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1990-yil oktyabr—noyabr — deputat Karolin Yakobsen boshchiligidagi Shvetsiya, Finlandiya, Norvegiya va Daniya parlament delegatsiyasi[77].
- 2002-yil 7-19-aprel — Avstraliya Senati prezidenti Margaret Rid boshchiligidagi Finlandiya va Germaniya parlament delegatsiyasi[78].
- 2007-yil 13-17-fevral — Finlandiya prezidenti Tarya Halonen Avstraliyaga tashrif buyurdi[79].
- 2010-yil aprel — tashqi ishlar vaziri Stiven Smit Finlandiyaga tashrif buyurdi[80].
- 2013-yil noyabr-dekabr — Aleksandr Stubb Yangi Zelandiya va Avstraliyaga tashqi savdo vaziri sifatida tashrif buyurdi[80].
- 2015-yil — Avstraliya Atrof-muhit vaziri Greg Hant Finlandiyaga tashrif buyurdi[80].
- 2016-yil aprel-iyun — Avstraliya general-gubernatori ser Piter Kosgrov Finlandiyaga davlat tashrifi buyurdi[81].
- 2016-yil 29-fevraldan 5-martgacha — tashqi ishlar vaziri Timo Soini va Mudofaa vaziri Jussi Niinistyo savdoni rivojlantirish maqsadida 9 ta kompaniya va tashkilotdan iborat delegatsiya bilan Avstraliyaga tashrif buyurdi[82][83].
Savdo-sotiq aloqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya Finlandiya uchun muhim savdo sherigi boʻlib, Finlandiyaning Yevropadan tashqaridagi tovar eksport qiluvchi eng yirik mamlakatidir. Avstraliya va Finlandiya oʻrtasidagi umumiy ikki tomonlama tovar savdosi 2018-yilda 1,2 milliard AQSH dollarni tashkil etdi. Avstraliyaning Finlandiyaga eksporti 88 million dollar boʻldi, asosan, koʻmir va spirtli ichimliklar, Finlandiyaning Avstraliyaga eksporti esa 1,1 milliard dollarni tashkil etib, qurilish texnikasi va ehtiyot qismlar, yoʻlovchi va yuk mashinalari, qogʻoz va kartonni oʻz ichiga olgan. 2018-yilda Avstraliyaning Finlandiyaga jami sarmoyasi 3,8 milliard dollarni boʻldi, Finlandiya Avstraliyaga 863 million dollar sarmoya kiritdi. Finlandiyaning bir qator transmilliy kompaniyalari, jumladan, Nokia, Stora Enso, Huhtamaki, Outokumpu, Wärtsilä va Konecranes, Avstraliyada biznes yuritmoqda[80][84].
Shartnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikki davlat oʻrtasida ekstraditsiya, ijtimoiy taʼminot va soliqqa tortish kabi turli sohalarni qamrab oluvchi 17 ta Avstraliya-Finlandiya ikki tomonlama shartnomalar tuzilgan.
Migratsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
1921-1939-yillarda Avstraliyaga 2000 ga yaqin fin koʻchib keldi. 1930-yillardan boshlab kichik fin jamoalari Mount Isa konchilar shaharchasida va Kvinslendning shimoli-gʻarbiy qismidagi Tulli va Ingham shakar sanoati shaharlarida tashkil topdi. Urushdan keyingi General Assisted Passage sxemasiga koʻra, 6000 ga yaqin fin Avstraliyaga koʻchib oʻtdi, bu migratsiya darajasi 1960- va 1970-yillarda ham davom etdi[85].
Avstraliyada 30 000 ga yaqin aholi fin ildizlariga ega. Finlarning aksariyati Brisben, Sidney, Melburn va Kanberra yaqinida yashaydi. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Finlandiyada tugʻilib, Avstraliyada yashovchi odamlar soni 7,711 nafarga etgan ekan. Fin tilini biladiganlar soni – 59 577 kishi bo.lgan 2022-yil holatiga koʻra, Finlandiyada taxminan 25 nafar Avstraliya fuqarosi doimiy yashaydi[86].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Honorary Consulates“. Finland Abroad – Embassy of Finland, Canberra. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Diplomatic Relations“. Finland Abroad – Embassy of Finland, Canberra. Ministry for Foreign Affairs of Finland. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Commonwealth of Australia Gazette (13-fevral 1919-yil), s. 273. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Government Gazette of the State of New South Wales (21-mart 1919-yil), s. 1701. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Appointments and Employment“. Government Gazette of the State Of New South Wales (21-noyabr 1919-yil), s. 6399. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „A NEW MARKET.“. Daily Commercial News And Shipping List (22-fevral 1919-yil), s. 4. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Clever Flyweight CONSUL-GENERAL WHO EXCELS AT SPORT“. The Herald (5-mart 1921-yil), s. 4. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „PERSONAL.“. The Sydney Morning Herald (4-noyabr 1919-yil), s. 6. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Government Gazette of the State Of New South Wales (19-mart 1920-yil), s. 1735. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Appointments and Employment“. Government Gazette of the State Of New South Wales (21-noyabr 1919-yil), s. 6399. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Government Gazette of the State Of New South Wales (19-dekabr 1919-yil), s. 7119. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSUL.“. Commonwealth Of Australia Gazette (25-mart 1920-yil), s. 394. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSUL DEAD“. The Sun (10-may 1921-yil), s. 8. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „DEATH OF MR. NAUKLER.“. The Sydney Morning Herald (13-may 1921-yil), s. 10. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FINNISH CONSUL'S DEATH.“. The Sydney Morning Herald (11-may 1921-yil), s. 12. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSUL FOR FINLAND.“. The Daily Telegraph (11-may 1921-yil), s. 10. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „N.S.W. AMATEUR ATHLETIC CHAMPIONSHIP“. Referee (16-mart 1927-yil), s. 16. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „K. J. NAUKLER CUP.“. The Sydney Morning Herald (22-mart 1934-yil), s. 14. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FINNISH CONSUL DEAD.“. Daily Commercial News And Shipping List (11-may 1921-yil), s. 4. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Appointments and Employment“. Government Gazette of the State Of New South Wales (27-avgust 1920-yil), s. 4976. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Government Gazette of the State Of New South Wales (27-may 1921-yil), s. 3057. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Government Gazette of the State Of New South Wales (27-may 1921-yil), s. 3057. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSULS.“. Commonwealth Of Australia Gazette (23-iyun 1921-yil), s. 991. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSULAR ADDRESSES.“. Daily Commercial News And Shipping List (27-oktabr 1921-yil), s. 2. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Appointments and Employment“. Government Gazette of the State Of New South Wales (17-mart 1922-yil), s. 1759. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSULS.“. Commonwealth Of Australia Gazette (26-aprel 1928-yil), s. 643. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FINLAND'S INDEPENDENCE“. The Daily Telegraph (7-dekabr 1923-yil), s. 8. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FINLAND'S BIRTHDAY“. The Sun (6-dekabr 1921-yil), s. 6. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FINLAND.“. The Sydney Morning Herald (5-dekabr 1924-yil), s. 10. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Home Furnishing“. Sydney Mail (27-avgust 1930-yil), s. 24. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Home Furnishing“. Sydney Mail (20-avgust 1930-yil), s. 24. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Alphabetical Directory Name Listings Sim-Tut – Sands Sydney, Suburban and Country Commercial Directory 1932–1933 (Sands Directory)“. Archives & History Resources. City of Sydney (1932–1933). Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Government Gazette of the State Of New South Wales (1-mart 1935-yil), s. 921. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „PERSONAL.“. The Sydney Morning Herald (22-fevral 1935-yil), s. 10. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „PERSONAL.“. The Sydney Morning Herald (18-aprel 1935-yil), s. 10. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „TRADE WITH FINLAND.“. Daily Commercial News And Shipping List (1-may 1935-yil), s. 1. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „TRADE WITH FINLAND.“. The West Australian (10-aprel 1935-yil), s. 21. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FOREIGN DIPLOMATS in SYDNEY“. Sydney Mail (12-avgust 1936-yil), s. 19. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FUND TO HELP FINNS.“. The Sydney Morning Herald (9-yanvar 1940-yil), s. 8. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „EARLY BREAK WITH FINLAND“. The Sun (30-iyul 1941-yil), s. 2. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSUL-GENERAL LEAVING“. The Sydney Morning Herald (9-avgust 1941-yil), s. 12. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FINNS IN AUSTRALIA.“. The West Australian (7-avgust 1941-yil), s. 6. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FINNS NON-ENEMY ALIENS“. The Argus (Melbourne) (9-avgust 1941-yil), s. 3. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „PROCLAMATION“. Commonwealth Of Australia Gazette (8-dekabr 1941-yil), s. 2725. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Finns Enemy Aliens Today“. The Daily Telegraph (8-dekabr 1941-yil), s. 3. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Australia To Sign Peace Treaties“. The Daily Telegraph (6-fevral 1947-yil), s. 4. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „TREATY OF PEACE WITH FINLAND.“. Commonwealth Of Australia Gazette (13-iyul 1948-yil), s. 2641. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „FINLAND SENDING REPRESENTATIVE TO AUSTRALIA“. The Canberra Times (15-iyul 1949-yil), s. 4. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „"LIKE HOME," SAYS FINNISH DIPLOMAT“. The Argus (Melbourne) (19-iyul 1949-yil), s. 6. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Department of External Affairs (August 1949). "Representation – Overseas Representation in Australia". Current Notes on International Affairs 20 (8): 930. https://nla.gov.au/nla.obj-1193192200/. Qaraldi: 5 March 2022.Avstraliya — Finlandiya munosabatlari]]
- ↑ „CORONATION MEDAL LIST“. The Canberra Times (2-iyun 1953-yil), s. 5. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSULS.“. Commonwealth Of Australia Gazette (12-avgust 1954-yil), s. 2362. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSULS.“. Commonwealth Of Australia Gazette (2-noyabr 1950-yil), s. 2753. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSULS.“. Commonwealth Of Australia Gazette (5-avgust 1954-yil), s. 2234. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CONSULS.“. Commonwealth Of Australia Gazette (18-mart 1954-yil), s. 830. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „CANBERRA DIARY“. The Canberra Times (26-iyun 1968-yil), s. 16. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Department of External Affairs (August 1958). "Representation – Overseas Representation in Australia". Current Notes on International Affairs 29 (8): 535. https://nla.gov.au/nla.obj-1224265242/. Qaraldi: 5 March 2022.Avstraliya — Finlandiya munosabatlari]]
- ↑ Department of External Affairs (January 1959). "Representation – Overseas Representation in Australia". Current Notes on International Affairs 30 (1): 52. https://nla.gov.au/nla.obj-1201556290/. Qaraldi: 5 March 2022.Avstraliya — Finlandiya munosabatlari]]
- ↑ Department of External Affairs (April 1963). "Representation – Overseas Representation in Australia". Current Notes on International Affairs 34 (4): 33. https://nla.gov.au/nla.obj-1209388671/. Qaraldi: 5 March 2022.Avstraliya — Finlandiya munosabatlari]]
- ↑ „Australiens ambassad flyttar till Stockholm Waterfront“ (Swedish) (Press Release). Waterfront Building (20-noyabr 2009-yil). 20-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „No longer a land of reticent bears“. The Canberra Times (28-iyun 1967-yil), s. 19. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Canberra Diary“. The Canberra Times (5-iyun 1968-yil), s. 14. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Department of External Affairs (October 1968). "Representation – Overseas Representation in Australia". Current Notes on International Affairs 39 (10): 469. https://nla.gov.au/nla.obj-1266733218/. Qaraldi: 5 March 2022.Avstraliya — Finlandiya munosabatlari]]
- ↑ „Two posts for ambassador“. The Canberra Times (11-iyul 1968-yil), s. 8. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Finnish envoy to NZ, too“. The Canberra Times (2-oktabr 1969-yil), s. 21. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „names envoy“. The Canberra Times (9-noyabr 1968-yil), s. 31. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „NEW ENVOY FOR FINLAND“. The Canberra Times (9-yanvar 1969-yil), s. 3. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Diplomatic diary“. The Canberra Times (5-fevral 1969-yil), s. 11. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Government Gazette of the State Of New South Wales (28-yanvar 1972-yil), s. 256. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Government Gazette Notices“. Government Gazette of the State Of New South Wales (9-mart 1973-yil), s. 748. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „National Days Finland is way ahead in trade“. The Canberra Times (3-dekabr 1978-yil), s. 4. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Department of Foreign Affairs and Trade (1995). "2.2 Consular Services". Department of Foreign Affairs and Trade Annual Report 1994/1995: 177. https://nla.gov.au/nla.obj-1464720981/. Qaraldi: 5 March 2022.Avstraliya — Finlandiya munosabatlari]]
- ↑ „Foreign embassies and consulates in Australia – Finland“. Department of Foreign Affairs and Trade. Australian Government. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Frith, Stephen. „Canberra’s Finnish Embassy“. Architecture Australia (1-yanvar 2002-yil). Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „History“. Finland Abroad – Embassy of Finland, Canberra. Ministry for Foreign Affairs of Finland. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Evans, Steve. „When geographical neighbours become diplomatic housemates“. The Canberra Times (28-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Jakobsen. „Parliamentary delegation to Sweden, Finland, Norway and Denmark“ (Hansard). ParlInfo. Parliament of Australia – House of Representatives (14-fevral 1991-yil). Qaraldi: 6-mart 2022-yil.
- ↑ „Finland and Germany – Report of the Australian Parliamentary Delegation, 7 to 19 April 2002, June 2002“. ParlInfo. Parliament of Australia (7-iyun 2002-yil). Qaraldi: 6-mart 2022-yil.
- ↑ Colebatch. „Salutes all round for Finnish fairytale“. The Age (15-fevral 2007-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2016-yil.
- ↑ 80,0 80,1 80,2 80,3 „Finland country brief“. Department of Foreign Affairs and Trade. Australian Government.
- ↑ Öhberg, Tony. „IN PICTURES: The Australian Governor-General Peter Cosgrove Arrives in Finland for the First State Visit“. Finland Today (28-aprel 2016-yil). Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Redrup, Yolanda. „Turnbull's Innovation Statement spurs Finnish and Estonian official visits“. The Australian Financial Review (7-mart 2016-yil). Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Ministry of Foreign Affairs. „Foreign Minister Soini presents Finnish expertise in Australia and New Zealand“ (Media Release). Finnish Government (23-fevral 2016-yil). Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Bilateral relations“. Finland Abroad – Embassy of Finland, Canberra. Ministry for Foreign Affairs. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Aaltonen. „Finnish Immigration to Australia in the 1950s and 1960s“. FAST-FIN-1 (TRENAK1) Finnish Institutions Research Paper. University of Tampere (2011). 29-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ Migri.fi „Statistics – Permanent residence permit“. Finnish Immigration Service. Finnish Government. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.