Avliyo Qosim posho masjidi
Masjid | |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | Adirna |
Koordinatalar | 41°39′52″N 26°33′37″E / 41.66438°N 26.56034°E |
Meʼmoriy uslub | Islom va Usmoniylar meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1478-yil—1479 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | foydalanilmaydi |
Avliyo Qosim posho masjidi (turkcha: Evliya Kasım Paşa Cami) – Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi Adirna shahrida XV asrda qurilgan Usmoniylar masjidi. Usmoniylar qoʻshini sarkardasi Qosim posho sharafiga nomlangan.
Masjid 1478–1479-yillarda Usmoniylar imperiyasining Rumeliya eyaleti beklarbegi, sulton Mehmed II Fotih (h. 1444–1446, 1451–1481) hamda Boyazid II (h. 1481–1512) hukmronligi davrida Usmoniylar qoʻshini sarkardasi Qosim posho tomonidan qurdirilgan[1]. Poshoning qabri masjid hovlisida joylashgan[2][3].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Adirna shahridan janubda, Tunca daryosining shimoliy qirgʻogʻidagi Kirişhane mahallasida joylashgan[3]. Daryodan oʻtib, masjidga kirish uchun 14 pogʻonali gʻishtin zinapoya qurilgan, biroq hozirda zinapoyaning 2 pogʻonasigina saqlanib qolgan. Bitta gumbaz va bitta minoradan iborat[2][3][4]. Fasad qismi shimolga qaratib qurilgan, bu yerda asosiy darvoza va ikkita deraza bilan oʻralgan mehrob joylashgan. Asosiy darvozasining ustki qismida Usmoniylar turk tilida yozuv mavjud. Binoning qolgan uch tomonida ikki qatorda ikkitadan toʻrtta deraza qurilgan. Pastki derazalar toʻrtburchak shaklda ishlangan. Yuqori qismidagi derazalar esa yoysimon shaklda, gʻarbiy devor oʻrtasida quyosh soati joylashgan[1].
Holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joylashuvi sabab 1950-yildan beri masjiddan foydalanilmaydi[3]. Bino shahardan sunʼiy damba bilan ajratilgan va shaharni daryoning toshqinidan himoya qilib turadi. Vaqti-vaqti bilan sodir boʻlgan suv toshqinlari tarixiy binoga koʻp zarar yetkazadi[2][4]. 2010-yillarda Adirna viloyati hokimi masjidni kelajakdagi vayronagarchilikdan saqlab qolish maqsadida bir qancha harakatlarni boshlagan. Masjid va daryo oʻrtasidan oqib oʻtgan toʻgʻon oʻrnini oʻzgartirish yoki masjidni butunlay xavfsiz joyga koʻchirish loyihalari bugungi kunga qadar tegishli davlat organlari tomonidan rad etilgan[1][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Evliya Kasımpaşa Camisi'nin nakli“ (tr) (2015-yil 25-may). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Edirne Camileri-Evliya Kasım Paşa Camisi“ (tr). Edirne vergi Da,resi Başkanlığı (2006-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 14-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Kasımpaşa Camisi'nin akıbeti kötü“ (tr) (2014-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 14-may.
- ↑ 4,0 4,1 „Kaderine Terk Edilmiş Bir Şaheser... "Evliya Kasım Paşa Camii"“ (tr) (2015-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 14-may.