Kontent qismiga oʻtish

Avliyo Georgiy sobori

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Avliyo Georgiy sobori
grekcha: Καθεδρικός Ναὸς τοῦ Ἅγίου Γεωργίου, turkcha: Aya Yorgi Patrikhane Kilisesi
Konfessiya Pravoslav
Yeparxiya Konstantinopol arxiyeskopiyasi
Turi Pravoslav cherkovi
Arxitektura uslubi neoklassik arxitektura
Ilk eslanishi 1941
Asos solinishi XVI asr
Holati saqlangan
Qurilish materiali gʻisht
Avliyo Georgiy sobori

Avliyo Georgiy sobori (grekcha: Καθεδρικός Ναὸς τοῦ Ἅγίου Γεωργίου; shuningdek Avliyo Georgiy Patriarxal ibodatxonasi (grekcha: Πατριαρχικός Ναός Αγίου Γεωργίου; turkcha: Aya Yorgi Patrikhane Kilisesi)) – Avliyo Georgiyga bagʻishlangan pravoslav kafedral sobor boʻlib, 1601-yildan buyon Konstantinopol patriarxining asosiy sobori hisoblanadi.

Meʼmoriy jihatdan klassik uch nefli bazilika koʻrinishida qurilgan. Tashqi koʻrinishi sodda boʻlsa-da, ichki qismi muhtasham bezatilgan. Sobor Istanbulning Fanar (Fener) tumanida joylashgan.

Konstantinopol qulab, usmonlilar imperiyaning bosh ibodatxonasi – Avliyo Sofiyani, keyinchalik Havoriylar ibodatxonasini hamda patriarxlik kafedrasiga aylangan Bibi Maryam ibodatxonasini masjidga aylantirgach, XVI asr oxirlariga kelib Fener tumani shaharning pravoslav hayoti markaziga aylandi. 1601-yilda patriarx Matfey II Yogʻoch darvozalar yaqinidagi Avliyo Dmitriy ibodatxonasi (hozirgi turkcha: Aya Dimitri Rum Ortodoks Kilisesi, Kırk Ambar Sok. No. 12, Ayvansaray) oʻrniga Avliyo Georgiy ibodatxonasini oʻz kafedrasi sifatida tanlagan[1]. Bu ibodatxona avval ayollar monastiri boʻlgan. Shundan buyon ibodatxona koʻp marotaba qayta qurilib va taʼmirlanib, binoning dastlabki koʻrinishidan deyarli hech narsa qolmagan.

Patriarx Timofey II davrida 1614-yilda sobor qayta qurilib kengaytiriladi. Keyinchalik Kallinik II davrida yana rekonstruksiya qilinadi. 1720-yilda soborda kuchli yongʻin yuz bergan va cherkov patriarx Ieremiya III tomonidan qayta tiklandi. 1738-yildagi yana bir katta yongʻin cherkovga jiddiy zarar yetkazgan. 1797-yilda patriarx Grigoriy V restavratsiyani boshlaydi va natijada cherkov hozirgi koʻrinishga keladi. Patriarx Grigoriy VI (1835—1840) bino balandligini oshirib, qoʻshimcha oʻzgarishlar kiritgan. Oxirgi yirik rekonstruksiya patriarx Ioakim III davrida amalga oshirilgan.

1941-yilda ibodatxona yaqinidagi patriarxiya binolari yongʻin natijasida vayron boʻladi va siyosiy sabablar tufayli 1980-yillarning oʻrtalarigacha qayta tiklanmaydi. 1980-yillarning ikkinchi yarmida patriarx Dimitriy davrida yangi maʼmuriy binolar majmuasi quriladi, 1990-yillar boshida esa patriarx Varfolomey davrida ibodatxona taʼmirlanib, bezatiladi. Bu ishlar asosan yunon sanoatchisi Panayotis Angelopulos mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi[1][2].

Avliyo joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Darra ustuni
Patriarx Grigoriy V darvozasi 1821-yildan beri muhrlangan; ibodatxona hovlisiga kirish joyi chapda.

Ikonostasning oʻng tomonida – Quddusdan keltirilgan ustun (darra ustuni) qismi joylashgan boʻlib, unda afsonaga koʻra Iso Masih qamchilanish vaqtida bogʻlangan halqaning qoldigʻi saqlangan.

Eng ulugʻlanadigan ikonalar orasida – shimoliy devor yonida joylashgan, Rossiyadan keltirilgan kumush va zar bilan qoplangan „Panagia Faneromeni“ obrazi hamda janubiy tomonda, avvalgi Bibi Maryam ibodatxonasidan qolgan mozaikali „Panagia Pammakaristos“ ikonasi bor.

Ibodatxonaning shimoliy devori yonida 1204-yildagi Toʻrtinchi salib yurishi vaqtida Konstantinopoldan olib ketilgan va 2004-yilda Rim papasi Ioann Pavel II farmoni bilan patriarxatga qaytarilgan Grigoriy Nazianzin va Ioann Zlatoust xoklari (muqaddas suyak boʻlaklari) saqlanadigan kovcheglar oʻrnatilgan[3]. Shuningdek, ibodatxonada Avliyo Vasiliyning xoki ham mavjud[4]. Ibodatxonaning janubiy qismida esa Yefimiya, Makkabiylarining onasi Solomoniya va malika Feofaniya xoklari dafn etilgan.

  1. 1,0 1,1 The Patriarchal Church of Saint George (Wayback Machine saytida 2012-05-31 sanasida arxivlangan)
  2. Fr. John Chrysavgis. The Ecumenical Patriarchate: A Brief Guide. The Order of St. Andrew the Apostle — NY, 2009, стр. 49, 54.
  3. Мощи святых не были украдены из Константинополя, заявляют в Ватикане. Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (13-may 2014-yil) NEWSru, 1 декабря 2004.
  4. The Patriarchal Church of Saint George. Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (10-avgust 2020-yil).