Aviatsiya mayogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aviatsiya Mayog'idan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Aviatsiya mayog‘i – uchuvchiga kechasi va tuman vaqtlarida aerodromni ko‘rsatib turuvchi signal qurilmasi. Ilgari (1938–40 yillarda) ikki xil: havo yo‘li va aerodrom Aviatsiya mayogʻi bo‘lar edi. Havo yo‘li Aviatsiya mayogʻi bir-biridan 20–40 km oraliqda o‘rnatilar edi. Aerodrom Aviatsiya mayogʻi bevosita aerodromning o‘ziga o‘rnatiladi. Quvvati 1,5 dan 3 kVt gacha cho‘g‘lanma lampalar Aviatsiya mayogʻi uchun yorug‘lik manbai vazifasini o‘taydi. Aviatsiya mayogʻi 60– 80 km naridan ko‘rinib turadi. Hozir radionavigatsiya rivojlanganligi munosabati bilan havo yo‘li Aviatsiya mayogʻi ishlatilmaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Aviatsiya mayogʻi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil