Aviatsiya astronomiyasi
Aviatsiya astronomiyasi – amaliy astronomiya bo‘limi. Aso-san, samolyotning vaziyatini va harakat yo‘nalishini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Uchish paytida maxsus asbob (sekstant) yordamida samolyotdan ko‘rinayotgan osmon yoritqichlarining balandligi va kuzatish vaqti aniqlanadi. Har bir kuzatish max-sus hisoblash yo‘li bilan vaziyat chizig‘ini aniqlash va haritaga tushirish imkonini beradi. Samolyotning vaziyati ikkita vaziyat.chizigining kesishgan nuqtasida bo‘lib, bir necha kilometr aniqlikda topiladi. Agar osmon yoritqichining balandligini o‘lchash paytida samo-lyot Yerdagi biror aniq mo‘ljal (daryo, okean qirg‘og‘i va boshqalar) yoki radiopelenga-tor chizig‘ida bo‘lsa, uning koordinatalarini bitta vaziyat chizig‘i yordamida ham aniqlash mumkin. Hozir Aviatsiya astronomiyasi usullari ayrim masalalarni hal qilishda qo‘llanilmoqda.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |