Aviatsiya asboblari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aviatsiya Asboblaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Aviatsiya asboblari – samo-lyotdagi nazorat-o‘lchov ishlarini baja-rishda ishlatiladigan jihozlar. Uchuvchi, shturman, bort muhandisi (texnigi) kabinalarida o‘rnatiladi. Vazifasi jihatidan uch guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga dvigatel asboblari, ikkinchi guruhga pilotaj-navigatsiya asboblari, uchinchi guruhga esa yordamchi asboblar kiradi. Taxometr, termometr, mano-va-kuummetr, gazoanalizator (alfametr), benzin o‘lchagich, moy o‘lchagichlar bi-rinchi guruhni; kompas, havo tezligi ko‘rsatkichi, balandlik o‘lchagich, soat, ver-tikal tezlik ko‘rsatkichi (variometr), bu-rilish ko‘rsatkichi, sirg‘anish ko‘rsatkichi va aviagorizont ikkinchi guruhni; tezla-nish ko‘rsatkichi (akselerometr), shassi va-ziyati ko‘rsatkichi, avtopilot, avtosh-turman va boshqa uchinchi guruhni tashkil etadi. Uchinchi guruh Aviatsiya asboblari ba’zi samolyotlarda bo‘lmasligi ham mumkin. Uchuvchi birinchi guruh A. ko‘rsatishlariga qarab samolyot dvigatellari ishini boshqaradi va dvigatel ishidagi nuqsonlarni o‘z vaqtida bilib oladi. Samolyotdagi Aviatsiya asboblari soni va xili shu samolyotning turi hamda vazifasiga bog‘liq. Ko‘p dvigatelli hozirgi samolyotlarda 60 ga yaqin Aviatsiya asboblari bo‘ladi. Hozirgi kunda Aviatsiya asboblari tizimi va uning bar-cha jihozlari (jumladan EHM orqali boshqariladigan dastur vositalari) avi-onika so‘zi bilan ifodalanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil