Aviagorizont
Qiyofa
Aviagorizont – haqiqiy ufq (gorizont) vaziyatini koʻrsatuvchi giroskopik asbob. Aviagorizont samolyot yoki boshqa uchish apparatining koʻndalang va boʻylama ogʻish burchaklarini koʻrsatadi. Rotori giroskop bilan bogʻlangan mil (strelka) sun’iy ufqni koʻrsatib turadi. Rotor oʻqi tik vaziyatda boʻlganda mil gorizontal vaziyatni egallaydi. Uchuvchi aviagorizont shkalasidagi samolyot qiyofasi (silueti)ning sun’iy ufq miliga nisbatan olgan vaziyatiga qarab, samolyotning haqiqiy ufqqa nisbatan vaziyatini aniqlaydi. Dastlab, pnevmatik (havoli) giroskop va tuzatish kirituvchisi boʻlgan aviagorizont qoʻllangan, hozir elektr giroskop va tuzatish kirituvchili aviagorizont ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Aviatsiya haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |