Avgustin Voloshin yodgorligi Ujgorod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avgustin Voloshin haykali (ukraincha: Пам'ятник Августину Волошину) ― Ukraina siyosiy va diniy arbobi, Karpat Ukrainasi prezidenti Avgustin Volishin xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik. Ukraina Qahramoni oliy davlat mukofoti[1] sohibi Voloshin Ukraina davlatchiligini tiklash uchun kurashda ulkan shaxsiy hissa qoʻshgan[1]. Yodgorlik Zakarpatye viloyati Ujgorod shahrining qirgʻogʻida joylashgan[2][3][4].

Yodgorlik 2004-yili Avgustin Voloshin tavalludining 130-yilligi munosabati bilan ochilgan. Shuningdek, Voloshinning 65-yil muqaddam Zakarpatʼyeda Karpatiya Ukrainasi deb nomlangan mustaqil davlat tuzilganligini eʼlon qilgan sheriklari xotirasiga bagʻishlangan[2].

Loyiha muallif — haykaltaroshi Mixail Mixaylyuk, meʼmor Pyotr Gayovichdir[3].

Haykaltaroshlik kompozitsiyasida Avgustin Voloshin oʻtirgan holda tasvirlangan. Prezident oʻng qoʻlida 1939-yil 15-martdagi qonunlar toʻplamini ushlab turadi, ularning birinchi bandida Karpato-Ukraina mustaqil davlat ekanligi taʼkidlangan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Законодавство України“. zakon.rada.gov.ua. 2018-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  2. 2,0 2,1 „Відкрито пам’ятник президенту Карпатської України“ (uk). Відкрито пам’ятник президенту Карпатської України. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Шукач | Pamyatnik Avgustinu Voloshinu“ (ru). www.shukach.com. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  4. „Памятник Августину Волошину“. Украина. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.