Avgolemono

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avgolemono

Yunon milliy taomlar oshxonasiga mansub
Milliy oshxona

 Gretsiya

 Italiya
Asl nomi Αυγολέμονο
Asosiy komponentlari

Sho‘rva Tuxum Orzo (Risoni italyan quruq mayin makaronining bir turi)

Limon sharbati
Boshqa komponentlari Guruch

ʻʻʻAvgolemonoʻʻʻ (gr grekcha: Αυγολέμονο - Yogolimo yoki grekcha: Αβγολέμονο - begolomono) anʼanaviy yunon milliy sho‘rvasi hisobanadi. Shuningdek, unga o‘xshagan bir qancha turdagi sho‘rvalarni  arab, turk, yahudiy, italyan va Bolqon xalqlarining oshxonalarida uchratish mumkin.  Ushbu taomning asosiy tarkibi tuxum va limondan iboratligi sabab, uning nomi rus tiliga  „tuxum va limon“ deb tarjima qilinadi.

Shoʻrva[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoidaga ko‘ra, sho‘rva tayyorlash uchun tovuq bulyonidan foydalaniladi, biroq uni go‘shtli (qo‘y), baliq yoki sabzavotli sho‘rvalar bilan ham tayyorlash mumkin. Tuxum-limon aralashmasini qo‘shmasdan oldin orzo yoki boshqa kichik makaron sho‘rvadada qaynatiladi. Makaron bilan birga go‘sht bo‘laklari va suyaklari qo‘shiladi. Yana bir muhim jihat: ushbu aralashmani tayyorlash mahalida  tuxumlar butunligicha solinadi. Ammo boshqa retseptlar ham  mavjud bo‘lib, ularda tuxumni sarig‘ini oqidan ajratgan holda va limon sharbati bilan solish tavsiya etiladi. Ushbu taomni tayyorlashda orzoda (guruch) muhim rol o‘ynaydi, boisi u sho‘rvani quyuq va mazzali chiqishiga yordam beradi.

ʻʻʻQaylasiʻʻʻ[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avgolemono qaylasi do‘lma, artishok va barcha turdagi sabzavotli taomlar uchun ishlatiladi. Gretsiyada bu qayla cho‘chqa go‘shti bilan isteʼmol qilinadi. U tiftelli frikadelkalar (yunoncha gayomono) bilan ham sevib istemol qilinadi. Yaqin Sharqda bu qayla tovuq va baliq bilan dasturxonga tortiladi. Italiyada  ham ushbu qayla sutsiz bo‘lganligi sabab juda mashhur va u  go‘sht mahsulotlari  bilan ham mos keladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda qayd etilishicha, dastlab avgolimonoga o‘xshash sho‘rva ispan yahudiylari tomonidan surgundan oldin tayyorlangan ekan. Sefardimlar orasida bunday sho‘rva „Agristada“ deb nomlangan, uni tayyorlash uchun verjus (uzum sharbati), anor sharbati yoki nordon apelsin sharbati asosiy mahsulot sifatida ishlatilgan, ammo sirka qo‘shilmagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kipr: sayohat boʻyicha qoʻllanma. Jan-Pol Labourdett, Dominik Auzias. ISBN 9785863941790
  • Gretsiyaning taomlari: Pazandachilik, xalq yoʻllari va Yunonistonning materik va orollarida sayohat. Vilma Chantiles. ISBN 9780671750961
  • Charles Sinclair. avgolemono / / Oziq-ovqat lugʻati: A dan Z gacha boʻlgan xalqaro oziq-ovqat va pishirish atamalari. — Ikkinchi nashr. — London: A&C Black, 2004 yil. — P. 43. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3 .