Avaz Oʻtar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avaz O‘tardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Avaz Oʻtar – Avaz Polvonniyoz (O‘tar) o‘g‘li (1884.15.8- Xiva-1919) – o‘zbek ma’rifatparvar shoiri. Dastlab maktabda, so‘ng Xivadagi Inoqiy madra-sasida o‘qidi. 18 yoshlarida shoir sifa-tida xalq o‘rtasida tanildi. Muhammad Rahim Soniy (Feruz) A.O‘. iste’dodiga katta e’tibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni unga ustoz tayin etgan. Ammo, A.O‘. saroy hayoti bilan chiqisholmay, uni tark etadi. 20-asr boshlarida ko‘zga tashlanayotgan milliy uyg‘onish, istiqlol g‘oyalari A.O‘. ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. A.O‘. ijodida erkparvarlik, ozodlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, turmush illatlariga qarshi qaratilgan hajvlar paydo bo‘la boshlaydi, bu davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni taran-num etuvchi lirik she’rlar, qitalar, ruboiylar yezdi. A.O‘. ijodida alohida o‘rin tutgan hajviy she’rlar turku-mi – "Faloniy" ham shu davr mahsuli. A.O‘. "Millat", "Hurriyat"; "Topar er-kan, qachon", "Xalq", "Zamon" va boshqa she’rlarida millat taqdiri va kelajagini yangicha talqin etadi. Ayrim she’rlari o‘sha davr vaqtli matbuoti ("Oyina", "Vaqt", "Mulla Nasriddin" va boshqalar)da bosilgan. 2 devoni ("Saodat ul-iqbol", "Devoni Avaz") va qator bayozlarga ki-ritilgan g‘azallari yetib kelgan. Devonlarining qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 942, 7102, 3451) saqlanadi. Respubli-kada maktablar, ko‘cha va xiyobonlarga A.O‘. nomi berilgan. Xivada uy-muzeyi tashkil etilgan, haykali o‘rnatilgan. U haqda badiiy asarlar yaratilgan (E. Sa-mandar "Erk sadosi" dostoni, A. Bobo-jon "Fazal fojiasi" dramasi, S. Siyoev "Bir chora zamon istab" qissasi va boshqalar).As: Tanlangan asarlar, T., 1956; De-von, T., 1976; Saylanma, T., 1984.