Avarlar (millat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avarlar (o‘zlarini maarulal deb ataydilar) – Dog‘istonda (496 ming kishidan ziyod) va Ozarbayjonning shimoliy g‘arbiy qismida (44 ming kishi) yashovchi yerlik xalq. A. va ularga yaqin xalqlarning umumiy soni Rossiya Fede-ratsiyasida 544 ming kishi (1992). A. is-lom dinining sunniy oqimiga mansub. Avar tilida so‘zlashadi. 19-asrning 2-yar-mida faqat Xunzax yassitog‘ligida yashovchi aholi o‘zlarini A. deb atashgan. Tari-xan bir hududda shakllangan guruhlar, ayrim qabila qoldiqlarini rus ada-biyotida A. deb yuritilgan. Bular: sala-tovlar, baktlilar, koysubulilar, andallar, teletlilar, xunzaxlar, gidatlilar va boshqa A. atrofida and-sez (andodidoy) xalqlari va archinlar uyushayotgan bo‘lib, ular garchi o‘zlarini A. deb atayotgan bo‘lsalarda, ayrim etnografik xususiyatlari va ona tillarini saqlab qolganlar. A. chorvachilik, dehqonchilik, shuningdek bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Ularda hunarmandchilik, xususan, zargarlik taraqqiy etgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil