Avrangzeb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aurang Alamgirdan yoʻnaltirildi)

Avrangzeb, Olamgir (asl ismi Muhyiddin Muhammad) (1618–1707-yil mart, Ahmadobod) – Hindiston podshosi (1658–1707), boburiylar sulolasidan, Shoh-Jahonning uchinchi oʻgʻli, Zebunniso begimning otasi.

Aurangzeb Alamgir

Onasi – Mumtoz Mahal nomi bilan mashhur boʻlgan Arjumand Bonubegim. A. inisi Murod-baxsh bilan ittifoq tuzib, Dehlida taxtni egallagan (1658). A. podsholik yerlarini qoʻshni xonliklar – Bijapur va Golkonda hisobiga kengaytirdi (1686–87). Lekin soliqlarning koʻpayishi, hindlarning davlat ishlaridan uzoqlashtirilishi, butxonalar mol-mulkining musodara qilinishi, hindlar orasida islomni joriy ettirish jarayoni natijasida mamlakatda gʻalayonlar koʻtarilib turdi (Maharashtra, Panjob, Dehli – Agra viloyatlarida). Shivaji (1630–80) boshchiligidagi kurash natijasida Ma-harashtra alohida xonlik boʻlib ajraldi (1674). A.ning hukmdorlik davrida Janubiy Hindiston bir necha xonliklarga boʻlinib ketdi. Bu esa Hindistonda bo-buriylar saltanatining yemirilishini boshlab berdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil