Kontent qismiga oʻtish

Aud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aud (yoki Audh) – Shimoliy Hindistondagi tarixiy viloyat. Gang da-ryosining oʻrta oqimida joylashgan. Miloddan avvalgi 6-asrda A. hududida quldorlik davlati Koshala boʻlib, butun viloyat uning poy-taxti Ayodhe nomi bilan atalgan. Qadimda va oʻrta asrlarda A. Ganga vodiysida tash-kil topgan yirik davlatlarning muhim tarkibiy qismi boʻlgan. 18-asrning 20-yillarida boburiylarning A.dagi noibi Saodatxon A.ni Boburiylar saltanatidan mustaqil deb e’lon qildi. 18–19-asrlarning boshlarida A. Hindistonning yirik hokimliklaridan biri boʻlib, poytaxti Lakhnau edi. A. Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi ekspansiyasiga qarshi faol kurash olib bordi, ammo 1764-yil Buksara yaqinidagi jangda yen-gilgach, mazkur kompaniyaga qaram boʻlib qoldi. Ingliz anneksiyasidan keyin A. hududi Shimoli-Gʻarbiy viloyatlar tarkibiga kiritildi. 1902-yil bu viloyatlar Agra va A. Birlashgan viloyatlari (1950-yildan Uttar-Pradesh shtati) deb ataldi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil