Atmosfera jarayonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Atmosfera jarayonlariAtmosferaning bir tekis isimasligi va unda baroklinlikning (bir xil zichlik va solishtirma hajmga ega boʻlgan yuzalarning izobarik yuzalar bilan mo tushmasligi) rivojlanishi tufayli paydo boʻladigan jarayonlar. Atmosfera jarayonlari natijasida atmosferaning umumiy sirkuliyatsiyasi va bir qancha mahalliy (lokal) sirkulyatsiyalar vujudga keladi. Atmosfera gʻalayonlari – siklon va antitsiklon tufayli atmosfera umumiy sirkulyatsiyasi Yer sharining turli kengliklari va hududlari oʻrtasida havo almashinuvini keltirib chiqaradi. Radiatsion sharoitlar va siklonlar faoliyati taʼsirida atmosfera alohida havo massalariga boʻlinadi, ularning aralashib ketish xususiyatlari oʻzgaradi, issiq va sovuq havo masenlari orasida esa kambar oʻtish zonasi – atmosfera frontlari vujudga keladi. Atmosfera jarayonlarikatta geografik maydonlarda ob-havo tartibotini belgilaydi. Masalan, Oʻrta Osiyo hududiga sovuq havo oqimining bostirib kirishi hatto yilning issiq fayellarida ham sovuq va nam ob-havoni, janubiy siklonlarning koʻchishi issiq va nam, antitsiklonlarning oʻtishi quruq va ochiq ob-havoni vujudga keltiradi (qarang Atmosfera sirkulyatsiyasi)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil