Atmosfera fizikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atmosfera fizikasi — Atmosferada sodir boʻladigan hodisalarning fizik qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Atmosferadagi termodinamik jarayonlar, atmosferaning tarkibiy tuzilshi, unda suv bugʻlarining quyuqlanishi, bulut, tuman va yogʻinlarning hosil boʻlish jarayonlari, nurlanish, optik, elektr va akustik hodisalarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Atmosfera fizikasining taraqqiy etishi natijasida atmosferaning Yerga yaqin qatlami fizikasi alohida boʻlim sifatida vujudga keldi. U insoniyat, hayvonot va oʻsimlik dunyosi uchun bevosita ahamiyatga ega boʻlgan hodisalarni oʻrganadi. Atmosfera fizikasining yana bir boʻlimi — atmosferaning yuqori qatlamlari fizikasi. Meteorologik raketalar va yer sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishda, sayyoralararo aloqa muammolarini hal qilishda, ob-havoni ifodalovchi hodisalarning toʻla fizik modelini tuzishda bu boʻlimning muhim ahamiyati bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil