Atlas oʻrilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Atlas o‘rilishidan yoʻnaltirildi)


Atlas oʻrilishi – atlas toʻqishdagi oʻziga xos oʻrilish; tanda iplari arqoq iplarini yopib oʻtgan joylarda ular oʻzaro yonma-yon yotmaydi, balki bir necha ip siljib oʻtadi. Rapportdagi tanda va arqoq iplari soni kamida beshta boʻladi. A u. bilan toʻqilgan gazlamalarning sirti silliq boʻlib, faqat arqoq yoki tanda iplarini yopib utgan joylari uzun bulib koʻrinadi. Agar gazlama sirtida arqoq iplari tanda iplarini koʻproq yopib oʻtgan boʻlsa, bunday gazlama arqoq atlasi yoki satin deb ataladi. Agar gazla-ma sirtida tanda iplari arqoq iplarini koʻproq yopib oʻtgan boʻlsa, bunday gazlama tanda atlasi yoki atlas deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil