Atlantika xartiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atlantika xartiyasi — AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlarining boshliklari — F. Ruzvelt va U. Cherchill 1941-yil 14-avgustda imzolagan deklaratsiya. Atlantika xartiyasida fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilariga qarshi urushning maqsadlari, urushdan keyingi davrda dunyoning tuzilishi, xususan hududlarni bosib olishdan voz kechish hamda xalqlarning oʻzini idora etish usulini oʻzi tanlash huquqi toʻgʻrisida umumiy tarzdagi fikrlar bildirilgan. 1941-yil 24-sentabrda London ittifoqchilararo konferensiyasida SSSR Atlantika xartiyasining asosiy qoidalariga qoʻshilganligini eʼlon qildi, bu esa gitlerchilarga qarshi ittifoq tuzish uchun zamin yaratdi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil