Atlantika boʻyi pasttekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atlantika boʻyi pasttekisligi – AQShdagi pasttekislik, Atlantika okeani sohillarining Nyu-Yorkdan Florida yarim orolgacha boʻlgan qismini egallagan. Gʻarbda Pidmont platosining tik tushgan chekkasi bilan che-garadosh. Kengligi 30 – 350 km. Dengiz choʻkindilari (ohaktosh, qumtosh, loy va boshqalar)dan tashkil topgan, yuzasi tekis. Ba-landligi dengiz sathidan 100 m gacha. Iqlimi subtropik, okean iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0° dan 20° gacha, iyul-niki 22 – 28°. Yillik yogʻin 1000 – 1400 mm. Tuproqlari: qizil, sariq, chimli, botqoqli. Tabiiy oʻsimliklari: qaragʻay, dub, tis, botqoq sarvi va boshqa Paxta, ta-maki ekiladi, mevali bogʻlar bor. Foy-dali qazilmalardan fosforit lar koʻp. Aholisi zich. Yirik shaharlari: Nyu-York, Filadelfiya, Vashington, Balti-mor, Norfolk.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil