Kontent qismiga oʻtish

Atay Jumashev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Atay Jumashev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Atay Turarovich Jumashev
Tavallud sanasi 15-sentyabr 1998-yil (1998-09-15) (27 yosh)
Tavallud joyi Bishkek, Qirgʻiziston
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Abdysh-Ata Kant
Raqami 11
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2018 Abdysh-Ata Kant ? (9)
2018   Neftchi ? (0)
2019 Energetik-BGU Minsk 7 (0)
2020 Kaganat 13 (3)
2021—h. v. Abdysh-Ata Kant 42 (21)
Milliy terma jamoa
2013 Qirgʻiziston U16
2014 Qirgʻiziston U17
2018 Qirgʻiziston U20 2
2021—h. v. Qirgʻiziston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Atay Turarovich Jumashev (qirgʻizcha: Атай Жумашев; 1998-yil 15-sentyabrda, Bishkekda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik futbolchi, „Abdish-Ata“ klubi va Qirgʻiziston terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atay oʻz faoliyatini 2017-yilda „Abdish-Ata“ klubida boshlagan[1]. 2018-yilgi mavsumda Qoʻchqorota shahrining „Neftchi“ jamoasida ijara asosida oʻynagan[2].

2019-yil mart oyida Belarusning oliy divizioniga qaytgan „Energetik-BGU“ klubi bilan shartnoma imzolagan[3]. Belarus chempionatidagi debyutini 2019-yil 31-martda „Slutsk“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan. „Energetiklar“ safida bir yil oʻynagach, Jumashev vataniga qaytib, „Kaganat“ klubi tarkibiga qoʻshilgan[4].

2021-yilgi mavsum boshlanishi oldidan Atay Jumashev „Abdish-Ata“ jamoasiga oʻtgan. Jamoa bilan birga 2021-yilgi Ala-Too kubogini qoʻlga kiritgan va turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan[5]. 2021-yil yakuniga koʻra, Jumashev Qirgʻiziston chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan va turnirning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallagan. U 2022-yilgi Qirgʻiziston kubogi finalida Qoʻchqorotaning „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinda yagona golni urib, oʻsha uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan[6].

Milliy terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻizistonning 16 va 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoalarida toʻp surgan. 2013-yilgi Sarsenbek Keljanov xotirasiga bagʻishlangan musobaqada, 2014-yilgi Qozogʻiston prezidenti kubogi hamda 2014-yilgi Kaspiy kubogida ishtirok etgan[7][8]. 2018-yilda Indoneziyada oʻtkazilgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida Qirgʻizistonning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi safida ikkita oʻyinda maydonga tushgan[9].

2018-yilda Qirgʻiziston milliy terma jamoasiga chaqiruv olgan[10]. Biroq, uning tarkibidagi debyuti 2021-yil 2-sentyabrda Falastin bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) roʻy bergan[11].

  • Qirgʻiziston chempionatining kumush medali sovrindori (2): 2017, 2021
  • Qirgʻiziston kubogi sohibi: 2022
  1. [[{{{1}}} milliy futbol terma jamoasi|{{{1}}}]]
  2. 606633(ingl.) Transfermarkt saytida
  3. „Кыргызстанский футболист Атай Джумашев подписал контракт с белорусским клубом“ (ru). championat.asia (2019-yil 28-mart). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  4. 606633(ingl.) Transfermarkt saytida
  5. „«АБДЫШ-АТА» - ОБЛАДАТЕЛЬ КУБКА «АЛА-ТОО-2021»“ (ru). kfu.kg. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  6. „Вратарь Рахат Джапаров стал обладателем Кубка Кыргызстана по футболу в составе «Абдыш-Аты» | Sport“ (ru). turkmenportal.com. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  7. „Атай Джумашев“ (ru). Vesti.kz. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  8. „Кыргызстан назвал состав на Кубок Каспия“ (ru). azerisport.com. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  9. 606633(ingl.) Transfermarkt saytida
  10. „Кыргызстанский футболист Атай Джумашев подписал контракт с белорусским клубом“ (ru). championat.asia (2019-yil 28-mart). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  11. [[{{{1}}} milliy futbol terma jamoasi|{{{1}}}]]