Atavizm
Atavizm (lotincha: atavus — „ajdod“) — muayyan turning ayrim organizmlarida uning uzoq ajdodlarida mavjud boʻlgan, biroq evolyutsiya davomida yoʻqolib ketgan belgilar paydo boʻlishi. Otlarda uchta barmoq boʻlishi, koʻp emchakli, dumli yoki butun badani jun bilan qoplangan bolalar tugʻilishi atavizmga misol boʻladi. Atavizmning ontogenezda paydo boʻlishi mazkur belgini yuzaga keltiradigan genlarning tur evolyutsiyasida saqlanib qolganligi, biroq normal rivojlanayotgan organizmda ular ta’sirining yoʻqolishi bilan bogʻliq. Juda koʻp avlodlardan soʻng turning ayrim organizmlari ontogenezida genlar ta’sirini yoʻqotib turadigan toʻsiq yoʻqolishi tufayli mazkur belgi qaytadan yuzaga chiqishi mumkin. Atavizm turning ajdodini koʻrsatib beradi, shuning uchun Darvin Atavizm hodisasini evolyutsiyaning dalillaridan biri deb isbot etgan. Atavizm ayrim organizmlarda paydo boʻlishi bilan rudimentlardan farq qiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
| Biologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |