Atatürk ve Kurtuluş Savaşı muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atatürk ve Kurtuluş Savaşı muzeyi
Atatürk ve Kurtuluş Savaşı Müzesi

Muzeyning birinchi qismining kirish qismi boʻlgan Misak-ı Millî minorasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Muzey
Turi Tarixiy muzey
Joylashuvi Anıtkabir majmuasida
Shahar Anqara
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Koordinatalar 39°55′32″N 32°50′15″E / 39.92556°N 32.83750°E / 39.92556; 32.83750 G OKoordinatalari: 39°55′32″N 32°50′15″E / 39.92556°N 32.83750°E / 39.92556; 32.83750 G O
Qurilishi tugagan 1960-yil 21-iyun
Egasi Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Emin Onat
Orhan Arda
Quruvchi Hüseyin Kıvrıkoğlu
anitkabir.tsk.tr/03 muzeler/muzeler.html
Atatürk ve Kurtuluş Savaşı muzeyi

Atatürk ve Kurtuluş Savaşı muzeyi (turkcha: Atatürk ve Kurtuluş Savaşı Müzesi — Anıtkabir majmuasida Mustafa Kemal Atatürk maqbarasi joylashgan Şeref zalining ostidagi 3 ming m2 hududni oʻz ichiga olgan va 1960-yil 21-iyunda ommaga ochilgan tarixiy muzey[1].

Muzeyning Misak-ı Millî minorasi va İnkılap minorasi orasidagi qismi 1960-yildan boshlan Atatürk muzeyi nomi bilan ishlagan. Ushbu qism 2001-yil noyabr oyida qurilishlari boshlangan va 9 oy davomida qurib bitkazilgan yangi boʻlimlar bilan birlashtirildi va Büyük Taarruzning 80 yillik yubileyi arafasida, 2002-yil 26-avgust kuni prezident Ahmet Necdet Sezer va bosh vazir Bülent Ecevit tomonidan ommaga ochib berildi[2].

Muzeyning boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-1938-yillarda foydalanilgan Cadillac

Ushbu muzey toʻrt boʻlimdan iboratdir. Birinchi boʻlimda Ataturkning shaxsiy buyumlari, ikkinchi boʻlimda Çanakkale quruqlik va dengiz janglari panoramasi, uchinchi boʻlimda Sakarya jangi va Büyük Taarruz panoramasi va toʻrtinchi boʻlimda Ataturk inqiloblarining fotosuratlar va qabartmalar bilan boyitilgan tonozli koridor mavjud.

Birinchi qismdagi baʼzi qiziqarli qismlarlardan biri Otaturkning mumdan yasalgan haykali va uning iti Foksning tanasidir.

Ikkinchi va uchinchi boʻlimlardagi panoramalar Sakarya jangi va Türk Kurtuluş jangidagi voqealardan hikoya qiladi. Çanakkale jangi panoramasi oldida urushda qoʻllanilgan oʻqlar, qurollar, toʻplar, yonib ketgan gʻildiraklar va hoʻkiz aravalari koʻrgazmaga qoʻyilgan. Ssenariysi Turgut Özakman tomonidan yozilgan 40 metr uzunlikdagi panoramalarni tomosha qilgan muzey tashrifchisi Muammer SUn bastalagan musiqa, toʻp ovozi, kema ovozi, qilich tovushi, ot taqasi taqqillashi va „Alloh Alloh“ kabi urush effektlarini tinglaydi.

Muzey chiqishida Ataturk tugʻilgan uyning maketlari, birinchi parlament binosi, Turkiya harbiy akademiyasi, Turan Erolning Çanakkale jangidan tasvirlangan katta rasm, Ataturkning turli fotosuratlari mavjud.

Ataturk shaxsiy kutubxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey tarkibida tashkil etilgan Ataturk shaxsiy kutubxonasi 2005-yil 26-iyunda tantanali ravishda ochildi. Kutubxonada Ataturkga tegishli 3 ming 123 kitob koʻrgazmaga qoʻyilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]