Astrograf
Astrograf (astro... va ... graf) –osmon yoritqichlarini fotografik usulda kuzatish uchun moʻljallangan teleskop. U koʻpincha optik oʻqlari bir-biriga parallel ikki truba: osmon yoritqichlarini suratga tushiradigan asosiy va kuzatilayotgan yoritqichga boʻlgan yoʻnalishni oddiy koʻz bilan tekshirib turish uchun moʻljallangan vizual trubadan iborat boʻladi. Astrograf yordamida suratga olish ba’zan juda uzoq, (bir necha soat) davom etadi: shuning uchun osmon gumbazi bilan birga harakatlanadigan yoritqichlarni kuzatishni osonlashtirish maqsadida Astrograf soat mexanizmlariga ega boʻlgan maxsus parallaktik qurilmalarga oʻrnatiladi. Astrometrik ishlarda fokus masofasi 2 metrdan kam boʻlmagan Astrograf qoʻllanadi. Astrografning fokus masofasi ortgan sari uning yordamida olinadigan fotosuratning masshtabi ham kattalashadi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida fokus masofasi 2,0; 3,0 va 3,4 metrli Astrograflar bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |