Kontent qismiga oʻtish

Asror at-Tavhid

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Asror at-tavhid fi maqomat ash-shayx Abusaid (forscha: اسرار التوحید فی مقامات ابوسعید‎, arabcha: أسرار التوحيد في مقامات أبو سعيد‎, „Yagona Alloh sirlari“) – taniqli soʻfiy avliyo Abu Said Abulxayr haqida 12-asrda yozilgan fors tilidagi asardir[1][2][3].

Asar muallifi Abu Said Abulxayrning nabirasi Muhammad ibn Munavvar deb hisoblanadi va u avliyoning vafotidan 130 yil oʻtib yozilgan. Bu asar nafaqat soʻfiylik adabiyotining, balki 12-asr fors nasrining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi.

Asarning bir nusxasi Rossiya kutubxonasida saqlanayotgan tarqoq qoʻlyozma varaqlardan topilgan boʻlib, uni 1899-yilda Valentin Jukovskiy kashf etgan. Jukovskiy asarning 2 xil nusxasini topib, birinchi nusxani nashr etgan va ikkinchi nusxadagi farqlarni chet qaydlar sifatida qoʻshgan.

  1. Foundation, Encyclopaedia Iranica „Encyclopaedia Iranica“ (en-US). iranicaonline.org. Qaraldi: 2025-yil 17-yanvar.
  2. Pirani, Mansoor (2020-08-22). "Re-reading of Mystical Anecdotes of Asrar al-Tawhid through Positive Psychology Approach" (en). Mystical Literature 12 (22): 7–32. doi:10.22051/jml.2020.32012.1993. ISSN 2008-9384. https://jml.alzahra.ac.ir/article_5254.html?lang=en. 
  3. Esmaeeli, Morad; Mohammadi, Hossein; Rabiezadeh, Ali (2022-10-23). "The underlying component Meanings in the Thoughts of Abu Saeed Abu Alkheir (Based on Viktor Frankl’s Views)" (en). Mysticism Studies in Literature 1 (2): 11–40. doi:10.22054/msil.2022.69908.1061. ISSN 2821-0743. https://msil.atu.ac.ir/article_15078.html?lang=en.