Akram Asqarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asqarov Akramdan yoʻnaltirildi)

Asqarov Akram (?-Toshkent- 1891.15.10) — birinchi oʻzbek havaskor ar-xeologi. Akrampolvon nomi bilan mashhur. Savdogar oilasidan. A. oʻz davrining mashhur kolleksioneri sifatida turli-tuman arxeologik buyumlar va qad. tangalarni toʻplagan. Uning birgina numizma-tika kolleksiyasi 15 mingdan ortiqroq (17 oltin, 1498 kumush va 13537 mis) qad. pullardan iborat boʻlgan. Shulardan 504 tasi Sankt-Peterburg Ermitajida saqlanmoqda. 1890-yil Toshkentda ochilgan qishloq xoʻjaligi va sanoat mollari koʻrgazmasida A. oʻzining arxeologik va numizmatik kol-leksiyalari bilan ishtirok qildi. A. rus olimlarining Oʻrta Osiyo boʻylab olib borgan ilmiy kuzatishlarida, jumladan, 1884-yilda rus tarixchisi N. I. Veselov-skiyning Surxondaryo, Fargʻona va Zaraf-shon vodiylari hamda Buxoroda oʻtkazgan ilmiy safarida hamrohlik qildi. Rossiyaning arxeologiya jamiyati A.ning ar-xeologiya sohasida qilgan xizmatlarini taqdirlab, uni 1887-yilda kumush medal bilan mukofotlagan. Ad. .Lunin B. V., O numizmaticheskoy kolleksii oʻzbekskogo sobiratelya drev-nostey A. Askarova, Istoriya materi-alnoy kulturi Oʻzbekistana, vip. 6, T., 1964.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil