Asperger sindromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asperger sindromi
Nevrologik kasallik
KXK-10 F84.5
KXK-9 299.80
OMIM 608631 608638 608631
DiseasesDB [1]
eMedicine med/147

Asperger sindromi — (inglizcha: pervasive „keng, chuqur, keng tarqalgan“ maʼnolarni anglatadi) psixik rivojlanishning buzilishi, ijtimoiy, jamoaviy munosabatlardagi jiddiy qiyinchiliklar, shuningdek, cheklangan, stereotipik, takrorlanadigan qiziqishlar va faoliyat repertuari bilan keng tarqalgan sindrom hisoblanadi. U, birinchi navbatda, bolalik autizmidan (Kanner sindromi) nutq va kognitiv qobiliyatlarning saqlanib qolishi bilan farq qiladi. Sindrom sezilarli noqulaylik bilan ham tavsiflanishi mumkin[1].

Kasallik tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sindrom avstriyalik pediat va psixiatr Xans Asperger dastlab tavsiflagani uchun uning sharafiga nomlangan boʻlib , u 1944 — yilda novebral muloqot qobiliyatlari boʻlmaganligi, tengdoshlari uchun cheklangan hamdardlik va jismoniy noqulaylik bilan tavsiflangan bolalarni tasvirlab bergan. Aspergerning oʻzi "otistik psixopatiya " atamasini ishlatgan[2]. ICD-10 tasnifida „bolalikning shizoid buzilishi“ atamasi Asperger sindromi bilan ham sinonim boʻla oladi. Ushbu tasniflash mezonlariga koʻra, erta bolalikdan Asperger sindromi, kech bolalik yoki oʻsmirlik davridan esa shizoid shaxsning buzilishi namoyon boʻladi. Ingliz tilida Asperger sindromi termini Asperger syndrome, Asperger’s syndrome, Asperger (yoki Asperger’s)buzilishi[3] va oddiygina Asperger[4] (syndrome — sindrom, buzilish — kasallik, parchalanish) deb ataladi. Nomning sindrom yoki buzilish bilan tugashi kerakligi haqida maxsus konsensus hozirgi kunda yoʻq.

„Asperger sindromi“ atamasini ingliz psixiatri Lorna Ving tomonidan1981-yil nashrida taklif qilingan (inglizcha: Lorna Wing). 1981-yilda sindromning zamonaviy kontseptsiyasi paydo boʻldi va 1990-yillarning boshida ommaboplik davridan soʻng[5] diagnostika standartlari ishlab chiqila boshlandi. Sindromning turli belgilari haqida hali ham koʻplab savollar javobsiz qolib ketmoqda. Shunday qilib, bu sindromning yuqori funktsional autizmdan farq qilishi nomaʼlum qolmoqda; shu sababli uning tarqalishi aniqlanmagan. Amerikalik tadqiqotchilar „Asperger sindromi“ tashxisini qoʻyishdan butunlay voz kechdi, uni „autizm spektrining buzilishi“ ogʻirlik darajasini koʻrsatadigan tashxisi bilan almashtirishni taklif qilishdi[6]. Amerika ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasining soʻnggi 5-nashrida Asperger sindromi tashxisi oʻrniga, autizm spektrining buzilishi bilan almashtirilib ushbu taklif amalda qoʻllanila boshlandi. Xuddi shunday, ICD-11 kasalliklarni tasniflash dasturida Asperger sindromini autizm spektrining buzilishi sifatida tashxis qoʻyiladigan boʻldiː 6A02.0.

Tasniflanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asperger sindromi umumiy rivojlanishning buzilishi yoki autizm spektrini buzilishiga olib keladigan kasallikka shubxa qilinib, bu shaxsning ijtimoiy faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan ijtimoiy oʻzaro taʼsir va muloqotdagi buzilishlar, shuningdek, cheklangan va takrorli qiziqishlar, shuningdek xatti-harakatlar bilan tavsiflangan holatiga aytiladi. Sindrom goʻdaklik yoki erta bolalik davridan ruhiy rivojlanishning boshqa xildagi buzilishlari sifatida boshlanadi. Remissiyalarsiz barqaror davolash kurs bilan tavsiflanadi va markaziy asab tizimini bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan funktsiyalarning buzilishiga olib keladi[7]. Asperger sindromi kengroq autistik fenotipning quyi toʻplami boʻlib, u ijtimoiy nuqsonlar kabi taniqli autistik xususiyatlarga ega boʻlgan har qanday odamda klinik belgilar aniqlanishi mumkin[8]. Boshqa toʻrtta autizm spektrining buzilishidan bolalik autizmi simptomatikasi va aniqlanishi mumkin boʻlgan sabablari boʻyicha Asperger kasalligiga eng yaqin hisoblanadi. Ammo unga tashxis qoʻyilishi aloqa buzilishlariga sabab boʻladi va aqliy zaiflikni keltirib chiqaradigan; Rett sindromi va bolalikdagi parchalanishga oid buzilishlari bolalik autizmi bilan bir nechta xususiyatlarni yaqinlashtiradi, ammo baʼzi asoratlarga olib kelishi ham mumkin. Boshqacha koʻrsatilmagan rivojlanishning keng tarqalgan buzilishli diagnostikasi boshqa tashxislash mezonlari bajarilmagan holatlarda qoʻyiladi[9].

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarqalishi boʻyicha taxminlar 2003 — yilda bolalik davridagi bemorlar bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, bolalik autizmining tarqalishi 1000 kishiga 0,03 dan 4,84 gacha, Asperger sindromi tarqalishiga nisbati esa 1,5:1 dan 16:1 gacha boʻlgan. Asperger sindromining tarqalishini oʻrtacha 5:1 geometrik nisbatni 1000 kishiga 1,3 bolalik autizmining tarqalishining konservativ bahosi bilan birlashtirgan holda, har 1000 kishiga 0,26 deb hisoblash mumkin boʻladi[10].

  • ICD-10 mezoniga koʻra — 1000 kishiga 2,9 bola;
  • Piter Satmari [11] va Gillberg mezoniga koʻra — 1000 kishiga 2,7 bola;
  • DSM-IV mezoniga koʻra — 1000 kishiga 2,5 bola;
  • Shatmari va hammualliflar mezoniga koʻra — 1000 kishiga 1,6 bola;
  • toʻrtta mezondan birortasiga koʻra — 1000 kishiga 4,3 bola.

Asperger sindromning aniq sababi nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Tadqiqotlar genetik bazaning mavjudligini koʻrsatsa-da, maʼlum genetik etiologiya haqida maʼlumotlar mavjud emas[12] va neyrovizualizatsiyada mazkur sindrom aniq umumiy patologiyani aniqlamaydi.

Kasallikning geografik tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asperger sindromi Shimoliy mintaqaga qaraganda janubiy mintaqada ko'proq uchraydi. Kasallik Amerika Qo'shma Shtatlarida boshqa mamlakatlarga qaraganda Asperger bilan og'rigan bemorlar ko'pchilikni tashkil qiladi. 2006 — yilda Asperger sindromi Silikon vodiysidagi bolalar orasida eng tez rivojlanayotgan psixiatrik tashxisot boʻlganligi maʼlum boʻlgan[13]. Ammo, 2010 — yilda Kaliforniyada autizm tashxisini tahlil qilish uchun axborot texnologiyalari biznesiga boy hududlarda autizmning asosiy kontsentratsiyasini aniqlash oʻrniga, ota-onalari qoʻshni hududlardagiga qaraganda yoshi kattaroq boʻlgan hududlarda autistik klasterlar kuzatildi[14].

Diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik belgilari kuzatilganda yoki shubha tug'ilganda bemorlardan anamnez yig'ishdan tashqari Klinik-biokimyoviy tekshiruv usullari, radiologik va qo'shimcha sifatida instrumental tekshiruv usullari qo'llaniladi. Kristofer Gillberg oʻzining „Asperger sindromi qoʻllanmasi“ asarida, shuningdek, DSMda „klinik jihatdan muhim kechikish yoʻq“ iboralarini va kamroq darajada boshqalarni tanqid qiladi va bu iboralar sindromni notoʻgʻri tushunish yoki haddan tashqari soddalashtirishni koʻrsatishini taʼkidlab oʻtgan[15].

Diagnostika mezonlarining yangi toʻplami Piter Szatmari va boshqalar[16] va Gillberg[17] tomonidan boshqa ikkita toʻplami taklif qilishdi va 1989–yilda ushbu ikkala to'plam nashrdan chiqgan.

Tashxis qoʻyish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashxis koʻpincha 4 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bemor bolalarga qoʻyiladi. Tekshiruv tor doira sohalardagi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi[18] va turli xil kuzatuvlarni oʻz ichiga olib, shu jumladan genetik tekshiruv, psixomotor faoliyat, nevrologik tekshiruv, aql, ogʻzaki va yozma testlari yordamida amalga oshiriladi. Va ularning zaif tomonlari bor boʻlib, uslubni oʻrganish va mustaqil yashash qobiliyatini oshirishni talab qiladi[18]. Diagnostikaning oltin standartiga koʻra klinik tajribalar, ota-onalar bilan tuzilgan suhbatga va oʻyinlarga asoslangan bola bilan Autizm diagnostik kuzatuv jadvali (ADOS) ishlab chiqildi. Notoʻgʻri yoki juda kech tashxis aniq tashxis bemor va uning oilasi uchun ruhan travma etkazishi mumkin; masalan, notoʻgʻri tashxis tekshirishni, bemor ahvolini va xatti-harakatni yomonlashtiradigan dorilarni qabul qilishga olib kelishi mumkin[19]. Asperger sindromi boʻlgan koʻplab bolalarga birinchi navbatda diqqat etishmasligi giperaktivlik buzilishi (DEHB) tashxisi qoʻyiladi.

Differensial diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

ICD-10 kasalliklar tasnifiga koʻra, Asperger sindromiga tashxis qoʻyish uchun boshqa umumiy rivojlanish buzilishlari, oddiy turdagi shizofreniya (F20.6), shizotipal buzuqlik (F21), obsesif-kompulsiv buzuqlik (F42) kabilar bilan differensial diagnostika qilinishi kerak. Anankastik shaxsiyat buzilishi (F60. 5), reaktiv yoki ingibirlangan bolalik davridagi bogʻlanish buzilishi (F94.1, F94.2)[20].

Differensial diagnostika uchun autizm spektrining boshqa kasalliklari, shizofreniya spektrining buzilishi[21][22], obsesif-kompulsiv buzuqlik, diqqat etishmasligi giperaktivligi buzilishi (DEHB), ijtimoiy (pragmatik) aloqa buzilishi, asosiy depressiv buzuqlik, ichiga olishi kerak[19], Tourette sindromi[23], stereotipli harakatlar buzilishlari, bipolyar affektiv buzilish va alkogolizmdan miya shikastlanishi tufayli ijtimoiy-kognitiv nuqsonlar[24]. kabi

Baʼzida qoldiq shizofreniya yoki shizotipal buzuqlik bilan kasallangan katta yoshli bemorlarni Asperger sindrom[25] bilan farqlashda qiyinchilik boʻlishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, erta bolalikdan gʻalati xatti-harakatlar va ijtimoiy oʻzaro munosabatlarning buzilishi ushbu sindrom yoki boshqa umumiy rivojlanish buzilishlari boʻlgan odamlarda mavjudligini taʼkidlaydi[25].

DSM-5[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruhiy kasalliklar tashxislash va statistika qoʻllanmasining (DSM-5) yangi navbatdagi beshinchi nashrida Asperger sindromi tashxisi olib tashlandi. U oldingi DSM-IV-TR da tavsiflangan autizm buzilishi (autizm), Asperger sindromi oʻrniga bolalikdagi parchalanish buzilishi va keng tarqalgan rivojlanish buzilishini birlashtirilgan „autizm spektrining buzilishi“ bilan almashtirildi

Kasallikni aniqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asperger sindromiga duchor boʻlgan bolalarning ota-onalari odatda 30 oylik boʻlganda bolalarda rivojlanish buzilishlarini aniqlashlari mumkin. Oila shifokori yoki pediatr tomonidan fizikal tekshiruv vaqtida skriningi qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan hollarda rivojlanish belgilarni aniqlashi mumkin[18]. Asperger sindromi diagnostikasi bir nechta turli skrining tekshiruv vositalaridan foydalanish zarurati tufayli qiyinchilik tugʻdiradi[18], jumladan Asperger sindromi diagnostik shkalasi (ASDS), Gilliam Aspergerning buzilish shkalasi (GADS) bolalik davridagi Asperger sindromi testi (CAST), autizm spektri skrining soʻrovnomasi (ASSQ), Krug Aspergerning buzilish indeksi (KADI) va Autizm spektri koeffitsienti (AQ; bolalar, oʻsmirlar va kattalar uchun versiyalari bilan). Ushbu vositalarning hech biri Asperger sindromini boshqa autizm spektrining buzilishidan ishonchli tarzda ajrata olmagan.

Davolash usullari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vidno, kak malchik skladivaet neskolko raznotsvetnix banok drug na druga
Asperger sindromi boʻlgan odamlar koʻpincha cheklangan yoki ixtisoslashgan qiziqishlarni namoyon etadilar, masalan, bu bolaning bankalarni yigʻishga qiziqishi.

Hozirgi vaqtda davolash usullari haqida hech qanday isbotlangan maʼlumotlar hali topilmagan va mavjud qoʻllab-quvvatlash usullarining samaradorligini isbotlovchi dalillar cheklanib qolgan[26]. Yordamchi simptomlar bemor ahvolini yaxshilashga qaratilgan boʻlib, xulq-atvor terapiyasiga, oʻziga xos kamchiliklarga eʼtibor qaratishga majburiy yoki takroriy tartiblarga, yomon aloqa koʻnikmalariga va jismoniy noqulayliklarga[27] murojaat qiladi. Aksariyat bolalar yoshi ulgʻaygan sari ahvoli yaxshilanadi, lekin ijtimoiy aloqa muammolari saqlanib qolishi mumkin[28]. Baʼzi tadqiqotchilar va kasallik alomatlari boʻlgan bemorlar Asperger sindromini davolash jarayonida nogironlikka sabab boʻlmasdan, balki sindromning atipik shakli sifatida toʻgʻri koʻrinishi deb hisoblaydilar[29][30].

Ijtimoiy davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asperger sindromini davolashda hayot sifatini kamaytiradigan alomatlardan xalos boʻlishga va bolaga yoki kattalarga bolaning oʻzidan erisha olmaydigan yoshiga mos keladigan ijtimoiy, muloqot va til koʻnikmalarini oʻrgatishdan iborat. Davolash juda individual boʻlishi va multidisipliner baholashga asoslangan boʻlishi kerak [31] . Muvaffaqiyatga erishilgan boʻlsa-da, ayrim aralashuvlarning samaradorligini tasdiqlovchi dalillar cheklangan{{{заглавие}}}.</ref>.

Giyohvand moddalarsiz davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shaxslararo munosabatlarni yanada samaraliroq qilish uchun ijtimoiy koʻnikmalarni oʻrgatish[32];
  • Qoʻrquv yoki portlovchi his-tuygʻular bilan bogʻliq stressni boshqarishni yaxshilash uchun kognitiv xatti-harakatlar terapiyasi[33] va obsesif qiziqishlar va takrorlanadigan tartiblarni „orqaga qaytarish usullarini qoʻllash“.
  • Qoʻshma kasalliklarni davolash[⇨] klinik depressiya va anksiyete buzilishi kabi.
  • Sensorli integratsiyani va vosita muvofiqlashtirishni yaxshilash uchun kasbiy terapiya va mashqlar bilan davolash.
  • Oddiy dialogning pragmatikasiga ixtisoslashgan nutq terapiyasi orqali ijtimoiy muloqot qobiliyatini oshirish (en:ijtimoiy aloqa)[34] .
  • Bemorlarni oʻqitish va qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa uyda foydalanish uchun xatti-harakatlar texnikasi.

Dori vositalari bilan davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asperger sindromining asosiy belgilarini toʻgʻridan-toʻgʻri davolaydigani dori vositalari yoʻq. Asperger sindromi uchun dori vositalarni davolash samaradorligi boʻyicha tadqiqotlar cheklangan, ammo qoʻshma kasalliklarni tashxislash va davolash muhim ahamiyatga ega[35]. Oʻzida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlashda, shuningdek, oʻz xatti-harakatlari sabab boshqalar bilan muloqotda kamchiliklar tufayli Asperger sindromi boʻlgan odamlarda dori terapiyasini qoʻllash biroz qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Dori-darmonlar, giyohvand boʻlmagan vositalar bilan davolash usullari va turar joy sharoitlarining kombinatsiyasi klinik depressiya, eʼtiborsizlik, asab buzilishi va tajovuz kabi harakatlar va alomatlar uchun samarali boʻlishi mumkin. Asperger sindromi bilan birga keladigan simptomlarni engillashtirish uchuin Atipik antipsixotiklar, xususan, risperidon va olanzapin mumkin. Risperidon takroriy harakatlarga, tajovuzkor portlashlarga, oʻz-oʻziga zarar etkazishga, impulsivlikka, stereotipli xatti-harakatlarga qarshi samarali boʻlib, ijtimoiy aloqani yaxshilashi mumkin. Selektiv serotoninni qaytarib olish inhibitörleri (SSRI), xususan fluoksetin (Prozac, Sarafem, Fontex va boshqalar savdo nomlari bilan tanilgan), fluvoksamin (Luvox brendi ostida tanilgan), sertralin (Zoloft, Lustral brendlari ostida tanilgan) cheklangan va takrorlanuvchi qiziqishlar va xatti-harakatlarni davolashda samarali ekanligi koʻrsatilgan[35]

Qoʻshimcha kasalliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy depressiv buzilishlar Asperger sindromi bilan bogʻliq eng koʻp kasalliklardandir. Asperger sindromi bilan ogʻrigan bemorlarda ularning qoʻshma kasalliklari 65 % ni tashkil etadi. Depressiya oʻsmirlar va kattalar orasida keng tarqalgan, DEHB esa bolalarda keng tarqalgan.

Asperger sindromi boʻlgan erkaklarda oʻtkazilgan bir tadqiqot natijasiga koʻra[36] epilepsiya bilan kasallanishning koʻpayishi va ogʻzaki boʻlmagan muloqotning buzilishi yuqori (51 %) (en: ogʻzaki boʻlmagan oʻrganish buzilishi) boʻlganligini aniqlandi.

Monoxromnoe fMRT-izobrajenie gorizontalnoy kross-seksii chelovecheskogo mozga. Neskolko oblastey, v osnovnom v zadney chasti izobrajeniya, videleni oranjevim i jyoltim svetom.
Funktsional magnit-rezonans tomografiya qoʻshilish nazariyalar va koʻzgu neyron nazariyalari tasdiqlanldi .

Mumkin boʻlgan boshqa mexanizmlar orasida serotonin disfunktsiyasi[37] va serebellar disfunktsiya[38] mavjud.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. F84.5
  2. Asperger H; tr. and annot. Frith U. „'Autistic psychopathy' in childhood“,. Autism and Asperger syndrome. Cambridge University Press, 1991 — 37—92 bet. ISBN 0-521-38608-X. 
  3. American Psychiatric Association „Diagnostic criteria for 299.80 Asperger's Disorder (AD)“,. Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders, 4th, text revision (DSM-IV), 2000. ISBN 0-89042-025-4. 
  4. Asperger's Disorder. Andoza:Нп3. ISBN 0-8493-8360-9. 
  5. Wing L. „The history of Asperger syndrome“,. Asperger syndrome or high-functioning autism?. New York: Plenum press, 1998 — 11—25 bet. ISBN 0-306-45746-6. 
  6. „299.80 Asperger's Disorder“. DSM-5 Development. American Psychiatric Association. 2010-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-dekabr.
  7. ICD-10 Version:2010
  8. {{{заглавие}}}(ingl.).
  9. {{{заглавие}}}(ingl.).
  10. Fombonne E. „Epidemiological surveys of pervasive developmental disorders“,. Autism and Pervasive Developmental Disorders, 2nd, Cambridge University Press, 2007 — 33—68 bet. ISBN 0-521-54957-4. 
  11. {{{заглавие}}} // Andoza:Нп3. — PMID 2766209.
  12. Matson J. L., Minshawi N. F. „Etiology and prevalence“,. Early intervention for autism spectrum disorders: a critical analysis. Amsterdam: Elsevier Science, 2006 — 33 bet. ISBN 0-08-044675-2. 
  13. Osborne L. American Normal: The Hidden World of Asperger’s Syndrome. New York, NY: Copernicus Books/Springer-Verlag; 2002.
  14. Van Meter, K. C. et al. (2010) Geographic distribution of autism in California: a retrospective birth cohort analysis. Autism Res. 3, 19-29 easy to understand article
  15. Christopher Gillberg. A Guide to Asperger Syndrome. Cambridge University Press, 2002. ISBN 978-0-521-00183-0. 
  16. Asperger's syndrome: a review of clinical features. — 1989.
    Этот шаблон использует устаревший параметр «название». Пожалуйста, отредактируйте эту статью, заменив «название» на «заглавие».
  17. Asperger syndrome—some epidemiological considerations: a research note. — 1989.
    Этот шаблон использует устаревший параметр «название». Пожалуйста, отредактируйте эту статью, заменив «название» на «заглавие».
  18. 18,0 18,1 18,2 18,3 National Institute of Neurological Disorders and Stroke (NINDS). „Asperger syndrome fact sheet“ (2007-yil 31-iyul). 2007-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-avgust. NIH Publication No. 05-5624.
  19. 19,0 19,1 {{{заглавие}}}(ingl.).
  20. Психиатрия, Клинические рекомендации. М.: «ГЭОТАР-Медиа», 2009 — 414—415 bet. ISBN 978-5-9704-1297-8. 
  21. {{{заглавие}}}(ingl.).
  22. „NIMH Schizophrenia Spectrum Disorders Research Program“. 2012-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.
  23. {{{заглавие}}}(ingl.).
  24. {{{заглавие}}}(ingl.).
  25. 25,0 25,1 Allen Frances, Ruth Ross. DSM-IV Case Studies: A Clinical Guide to Differential Diagnosis. American Psychiatric Press, Inc., 1996. ISBN 0-88048-415-2. (ingl.)
  26. {{{заглавие}}}.
  27. National Institute of Neurological Disorders and Stroke (NINDS). „Asperger syndrome fact sheet“ (2007-yil 31-iyul). 2007-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-avgust. NIH Publication No. 05-5624.
  28. {{{заглавие}}}.
  29. {{{заглавие}}}.
  30. {{{заглавие}}}. A preliminary, freely readable draft, with slightly different wording in the quoted text, is in: Baron-Cohen S. „Is Asperger's syndrome necessarily a disability?“ (PDF). Autism Research Centre (2002). 2008-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-dekabr.
  31. {{{заглавие}}}(ingl.).
  32. {{{заглавие}}}.
  33. {{{заглавие}}}.
  34. {{{заглавие}}}.
  35. 35,0 35,1 Baskin J.H., Sperber M., Price B.H. Asperger syndrome revisited // Rev Neurol Dis. — 2006. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — PMID 16596080.
  36. {{{заглавие}}}.
  37. {{{заглавие}}}.
  38. {{{заглавие}}}.