Asosiy ton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asosiy ton – 1) asosiy chastotalar hosil qilgan tovush toni; har qanday tovush manbai faqat asosiy chastotada te-branib qolmasdan, ayni vaqtda unga kar-rali bo‘lgan yuqori chastotalar (garmoni-kalar)da ham tebranadi. Garmonikalarga tegishli tovushlar obertonlar deyiladi. 2) Musiqada – tabiiy tovushqatorning boshlang‘ich (eng pastki) tovushi; Asosiy ton o‘zidan hosil bo‘ladigan obertonlar (to-703vush aks sadolari) uchun tayanchlik vazifa-sini o‘taydi. 3) Akkordning eng pastki tovushi. 4) Musiqiy tuzuk(lad)ning bosh pog‘onasi. Yana qarang Tonika.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Asosiy ton" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil