Asosiy ishlab chiqarish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asosiy tarmoqdan yoʻnaltirildi)

Asosiy ishlab chiqarish, asosiy tarmoq– korxona ishlab chiqarish tuzil-masi va ixtisoslashuvining rejali yoʻnalishini belgilaydigan tarmoq. Xom ashyoni tovar mahsulotiga aylantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Xom ashyoni ishlab chiqarishga tayyorlab beruvchi, ishlab beruvchi, tayyor mahsulotga aylantiruvchi sexlarni oʻz ichiga oladi. Odatda, Asosiy ishlab chiqarish ch. yalpi va tovar mahsuloti, mehnat va moddiy vosi-talar sarfi, pul tushumlarida eng katta salmoqqa ega boʻladi. Asosiy ishlab chiqarish korxonalari oʻz ixtisoslashuviga koʻra paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, qoʻychilik va boshqa yoʻnalishlarga ega boʻlishi mumkin (qarang Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Asosiy ishlab chiqarish" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil