Munkachi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asli Lib Mixaydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Munkachi (Mynkacsy), asli Lib (Lieb) Mixay (1844.20.2, Ukrainaninghoz. Munkachevo shahri — 1900.1.5, Germaniyaning Bonn shahri yaqinida) — ven-ger rassomi, 19-asr venger tasviriy sanʼatida realizm asoschilaridan. E. Samoshi (1862—6E), Vena va Myunxen BA (1865—68), Dyusseldorfda L. Knaus (1868—69)da tahsil koʻrgan. Dyusseldorf va barbizon maktablari rassomlari hamda G. Kurbedan ilhomlangan. Dastlabki asarlari romantik oxanglarga boy ("Dashtda momaqaldiroq", 1867 va boshqalar). 1870- yillarda inqilobiy demokratik gʻoyalar taʼsirida ijtimoiy tanqidiy ruxdagi oʻtkir psixologik ishonchliligi va yorqin xalq vakillari bilan ajralib turgan asarlar yaratdi. "Oʻlimga hukm qilinganlar kamerasi" asari rassomga olamshumul shuhrat keltirdi. Koʻp shaklli lavhalar ustida ishlagan M. asarlarida dramatik qudrat va kompozitsiya yaxlitligiga erishdi. 1870-yillardan oʻtkir ifodali manzara va portretlar ("Laslo Paal", taxminan 1876—77 va boshqalar) bilan bir qatorda salon va akademizm xususiyatlariga ega boʻlgan asarlar ("Mana odam", 1896 va boshqalar) ham ishladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil