Aslanhane masjidi
| Masjid | |
| Aslanhane masjidi | |
| Mamlakat | |
| Shahar | Anqara |
| Koordinatalar | 39°56′12″N 32°51′55″E / 39.93667°N 32.86528°E |
| Meʼmor | Ebubekir Mehmet |
| Binokorlik sanasi | 1290 |
Aslanhane masjidi (turkcha: Aslanhane Camisi) – Turkiyaning Anqara shahridagi XIII asrda qurilgan masjid.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Anqara qal’asi yonida Anqaraning eski kvartalida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1290-yilda Anadolu saljuqiylari hukmdori Mesud II davrida qurilgan masjid Turkiyadagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi. Meʼmori – Ebubekir Mehmet edi[1]. Masjid 2010–2013-yillarda vaqflar bosh boshqarmasi tomonidan bir necha kichik taʼmirdan soʻng qayta tiklangan[2].
Bino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bino 400 square metre (4,300 kv ft) hududda joylashgan boʻlib, 1 ta minorasi bor. Yogʻochdan qurilgan tomi 24 ta katta yogʻoch ustunlar bilan mustahkamlangan[3]. 3 ta darvoza va 12 ta derazalari bor[4]. Mehrobi saljuqiy koshinlari bilan bezatilgan.
Sharofiddin maqbarasi masjidga qaragan. Ilgari Sharofiddin masjidi devorlariga koʻmilgan sher haykali boʻlgan, shu sababli masjidning mashhur nomi Aslanhane boʻlib, sherning uyi degan maʼnoni anglatadi[5].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Minora
- Asosiy kirish qismi
- Gʻarbiy kirish qismi
- Masjidning yogʻoch shifti
- Minbar
- Minbar
- Minbar
- Mehrob
- Mehrob
- Mehrob
- Mehrob
- Tashqi devorlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Aslanhane Ahi Şerafettin Camii, Tarihi Mekanlar ve Eserler“ (Turkish). filozof.net. Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Tarihi Aslanhane Camisi ibadete açıldı“. Atatürk Kültür Merkezi. 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Museums in Ankara“ (Turkish). ankara.com. 2019-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Aslanhane Ahi Şerafettin Camii, Tarihi Mekanlar ve Eserler“ (Turkish). filozof.net. Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Ankara Mosques in Turkey“ (Turkish). Mymerhaba.com. 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Aslanhane masjidi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |