Askold va Dir
Qiyofa
Askold va Dir – Kiyev knyazlari (9-asr 2- yarmi). Yilnomalarga koʻra Ryurik boyarlari boʻlganlar. Askold va dir nomlari 10-asrda yashagan arab tarixchisi Mas’ud asarlarida, shuningdek soʻnggi davrlardagi yilnomalarda ham uchraydi (12-asr). Askold va dir Krivich va Polotsk yerlariga ikki marta yurish qiladi. Taxminan 866 yil Rusning Istanbulga yurishiga rahbarlik qilgan. Askold va dirni 882 yil Novgorod knyazi Oleg oʻldirgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Askold va Dir“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |