Asklepiy
Qiyofa
Asklepiy (yun. Asklepios) – yunon afsonasida tabobat xudosi, Apollon oʻgʻli. Asklepiy qadimdan tabiblar va dori-darmon tayyorlovchilarning homiysi hisoblangan. Asklepiy ibodatxonalari shifoxona sifatida dong taratgan. Asklepiyga e’tiqod miloddan avvalgi V asrdan boshlab kuchayib, ayniqsa Epidavr shahrida tarafdorlari koʻp boʻlgan. Miloddan avvalgi III asrga kelib Asklepiyga e’tiqod Rimga ham yoyilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Asklepiy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |