Asiriy madrasasi
Madrasa | |
Asiriy madrasasi
Mavlono Asiriy madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Mirdoʻstim koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mirzo Jalol Asir ibn Mirzo Moʻmin Isfaxoniy |
Homiylar | Mirzo Jalol Asir ibn Mirzo Moʻmin Isfaxoniy |
Asosiy sana: XVI asr
| |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Xarobaga aylangan |
Hujralar soni | 20 |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Asiriy madrasasi (Mavlono Asiriy madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan, xarobaga aylangan va yarim qismi saqlanib qolgan. Buzilib ketgan tomoni oʻrnida hozir odamlar uy-joy qurib olgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa XVI asrda Buxoro xonligi poytaxtining keyinchalik Mavlono Asiriy deb nomlangan guzarida, oʻzbek hukmdori Abdullaxon (1557–1598) hukmronligi davrida, shoir Mirzo Jalol Asir ibn Mirzo Moʻmin Isfaxoniy mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].
Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan. Unda yozilishicha:
Janob hoji ul-haramin hoji Muhammad Ali valadi Mehtar Alibiy hazrat Sayyid Abdul Muzaffar Subhonqulixon Muhammad Bahodurxon ibn hazrat Abul Fath Sayyid Nadr Muhammadxon davrida marhum mulla Asiriyning vayronaga aylangan masjid-madrasasi binosini taʼmirlaydi[3].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash va restavratsiyalash ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 100 million soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsada[4], madrasaning hozirga qadar saqlanib qolgan yarim qismi ayanchli ahvolda qolib ketgan. Xarobaga aylangan. Buzilib ketgan tomoni oʻrnida hozir odamlar uy-joy qurib olgan[3].
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], undan kelajakda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirish rejalashtirilgan[4].
Buxoro shahridagi Mirdoʻstim nomli koʻchada joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan. Tarxi koʻpburchak shaklida boʻlgan[2][3].
Rivoyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivoyatga koʻra, madrasaning barpo etililishi Somoniylar davrida ijod qilgan shoir as-Sariy nomi bilan bogʻliq boʻlgan. Lekin, oxirgi izlanishlarga koʻra, as-Sariy Buxoroga hech qachon kelmaganligi, boz ustiga, u Asiriy ham emasli va shoir Asiriy (Mirzo Jalol Asiriy) esa asli eronlik boʻlib, Buxoroga Isfahondan kelganligi, u Buxoroda Abdullaxon (1557–1598) davrida ancha vaqt yashab ijod qilganligi va ushbu madrasani qurdirganligi maʼlum boʻldi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 „Медресе Мавлоно Асири“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 191—196-bet.
- ↑ 4,0 4,1 „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.