Ashob ar-Raʼy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashob ar-Raʼy (arab.- fikr ta-rafdorlari) — raʼy, fikr va aql bilan hukm chiqaruvchi ulamolarga berilgan nom. Islom fanlaridan tafsir, fikd kabi sohalarda ijod qiluvchi olimlar ikki turga boʻlinadi. Birinchi turi — Qur’onni tafsir qilishda va biror shar’iy hukm chiqarishda faqat Qur’on oyatlariga, hadislarga, sahobalar va to-beinlardan naql qilingan rivoyatlarga suyanadigan olimlardir. Ikkinchi turi — tafsir va fiqh sohasida faqat naqliy dalillarga suyanish bilan qano-atlanmay 739 ijtihod, yaʼni aql, fikr va raʼyni ham ishga solib shar’iy hukmlar, fatvolar ijod etadigan olimlardir. Shu ikkinchi turiga Ashob ar-Raʼy deb nom berilgan. Ular muta-fakkir olimlar deb ham yuritiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil