Ashob ar-RAʼY
Jump to navigation
Jump to search
Ashob ar-RA’Y (arab.– fikr ta-rafdorlari) – ra’y, fikr va aql bilan hukm chiqaruvchi ulamolarga berilgan nom. Islom fanlaridan tafsir, fikd kabi sohalarda ijod qiluvchi olimlar ikki turga bo‘linadi. Birinchi turi – Qur’onni tafsir qilishda va biror shar’iy hukm chiqarishda faqat Qur’on oyatlariga, hadislarga, sahobalar va to-beinlardan naql qilingan rivoyatlarga suyanadigan olimlardir. Ikkinchi turi – tafsir va fiqh sohasida faqat naqliy dalillarga suyanish bilan qano-atlanmay 739ijtihod, ya’ni aql, fikr va ra’yni ham ishga solib shar’iy hukmlar, fatvolar ijod etadigan olimlardir. Shu ikkinchi turiga Ashob ar-RAʼY deb nom berilgan. Ular muta-fakkir olimlar deb ham yuritiladi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |