Ashikoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Ashikoʻl – Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi koʻl. Amudaryoning oʻng sohilida. Gʻarbda Bestoʻba va sharqda Qush-tepa balandliklari orasida joylashgan. Shimoldan janubga yoʻnalgan. Gʻarbiy sohillari Tabaqqum choʻliga tutash. Uzunligi 800-1000 m, eni 300-350 m, oʻrtacha chuq. 2 – 3 m. Sugʻorishdan ortgan va tashlama suv kelib quyiladi. Suv koʻp kelgan yili sathi kengayadi. Qirgʻoqlari qumloq, qamishzor, oʻrtacha shoʻrligi 1 lda 8 – 10 g va undan koʻp. Baliqchilikda foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil