Kontent qismiga oʻtish

Ash Ketchum

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ash Ketchum
„Pokémon“ obrazi
Ilk bora koʻringan „Pokémon, I Choose You!“ (1997)
Soʻnggi bora koʻringan „The Rainbow and the Pokémon Master!“ (2023)
Dizayner(lar) Atsuko Nishida
Ovoz bergan(lar)
  • Rica Matsumoto[1]
  • Hana Takeda[2]

Ash Ketchum (talaffuzi: Esh Ketchum) (Yaponiyada Satoshi (yaponcha: サトシ?) oʻlaroq maʼlum) — „Pokémon“ mediafranshizasidagi xayoliy personaj, „Pokémon“ animesi protagonisti (1997—2023). „Pokémon Red and Blue“ oʻyinidagi personaj asosida yaratilgan.

Ash — sergʻayrat oʻspirin. Koʻp sayohat qiladi, yangi hamrohlar orttiradi, har xil olishuv musobaqalarida qatnashadi. Eng katta orzusi — eng yaxshi pokémonlar treneri, yaʼni „Pokémonlar ustasi“ boʻlish. Uning doimiy hamrohi — Pikachu. Animening birinchi epizodida professor Oak Ashga Pikachuni beradi. Keyinchalik Ash va Pikachu yaqin doʻstlarga aylanadi. Ash qatʼiyati, pokemonlarga nisbatan doʻstona munosabati, olishuvlarda ishlatadigan nostandart taktikasi bilan ajralib turadi.

  1. Casey Baseel. „Satoshi/Ash's voice actress almost couldn't make it through final Pokémon anime recording session“. soranews24.com (2023-yil 28-mart). 2024-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  2. „『ポケットモンスター』第1話 ポケモン×スカイツリーレイド生中継SP“ (ja). 2024-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.